Gujtuk karrak
Gujtuk karrak | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Gulli oʻsimliklat |
Sinf: | Ikki urugʻpallalilar |
Turkum: | Karrak |
Oila: | Qoqio‘tdoshlar |
Binar nomi | |
Cousinia praestans |
Gujtuk karrak (lotincha: Cousinia praestans) — qoqioʻtdoshlar oilasi, karrak turkumiga mansub ikki yillik, oʻt oʻsimlik. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan endemik tur. Qashqadaryo viloyati Hisor tizmasining janubi—gʻarbiy qismlarida va Oyoqchi daryosi vodiysida uchraydi[1].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boʻyi 1 metrgacha yetadigan ikki yillik oʻt oʻsimlik. Ildizi tizimi kuchli oʻq ildiz. Poyasi gʻuj- gʻuj tukli, yoʻl-yoʻl chiziqlar bilan qoplangan, rangi qizil. Barglari nisbatan yumshoq tikanli ustki tomoni mayin tuklar bilan, ostki qismi qalin, kulrang tuklar bilan qoplangan. Poyaning pastki ildizga yaqin qismida barglari bandsiz, poyani yarmi qoplab oʻrab turadi, patsimon boʻlaklarga boʻlingan chetlari notekis qirqilgan, tishli, oʻrta qismidagi barglari bandsiz, yumaloq, chetlari tikansimon tishli. Gullari savatchalarga shaklidagi toʻpgulda joylashgan. Savatchalari yumaloq, yirik, uzunligi, 4 sm, diametri 3-3,5 sm qalin tuklar bilan qoplangan. Oʻrama bargchalari qattiq, gultojibarglari pushti rangli. Gullari ikki jinsli, hashorotlar yordamida changlanadi. Urugʻi teskari tuxumsimon shaklda, yuzasi silliq, yaltiroq. May, iyun oylarida gullab, mevasi iyun-iyul oylarida pishadi. Urug‘i orqali koʻpayadi.
Tarqalishi va oʻsish sharoiti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qashqadaryo viloyatida uchrovchi endemik tur. Hisor tizmasining janubi-gʻarbiy qismida va Oyoqchi daryosi vodiysida oʻsadi. Togʻlaring oʻrta qismidagi toshli yonbagʻirlarda oʻsadi. Bu tur faqat maʼlum bir sharoitlardagina oʻsishi populyatsiyaning kamayishiga sabab boʻlmoqda. Faqat yovvoyi holatda oʻsadi, madaniylashtirilmagsn. Hisor qoʻriqxonasi hududida muhofaza qilinadi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Cousinia praestans“.
- ↑ O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.