Kontent qismiga oʻtish

Gukesh D

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gukesh D

Gukesh D, 2019-yil Karlsruheda
Tugʻilgan sanasi: 29-may 2006-yil (2006-05-29) (18 yosh)
Tugʻilgan joyi: Chennay, Tamilnad, Hindiston
Unvoni: Grossmeyster (2019-yil)
Maksimal reytingi: 2699 (Avgust, 2022-yil)
Hozirgi reytingi : 2699 (Avgust, 2022-yil)

Dommaraju Gukesh (tamilcha: குகேஷ்; 2006-yil 29-may, Chennay, Hindistonda tugʻilgan), Gukesh D nomi bilan tanilgan hindistonlik shaxmatchi. U FIDE tomonidan 2019-yil mart oyida grossmeyster unvoniga loyiq koʻrilgan tarixdagi eng yosh uchinchi shaxmatchidir[1].

Gukesh 2006-yilning 29-may sanasida Tamilnad shtatining Chennay shahrida tavallud topgan. Uning otasi Rajnikanth quloq, burun va tomoq jarrohi; onasi Padma esa mikrobiolog sifatida faoliyat koʻrsatadi[2]. Yosh grossmeyster yetti yoshidanoq shaxmatni oʻrganishni boshlagan[3]. U Velammal Vidyalaya, Mel Ayanambakkam, Chennay shahrida tahsil oladi[4].

Gukesh 2015-yilda maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionatida 9 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar[5] va 2018-yilda boʻlib oʻtgan shaxmat bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining 12 yoshgacha boʻlganlar toifasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan[6].

Shuningdek, 2018-yilgi shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 12 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida yakkalik rapid va blitz, U-12 jamoaviy rapid va blitz hamda U-12 yakkalik toifasidagi klassik formatda beshta oltin medalni qoʻlga kiritgan[7]. Sportchi 2018-yil mart oyida 34-chi Cappelle-la-Grande Open musobaqasida xalqaro usta unvoni uchun loyiq koʻriladi[8].

Gukesh eng yosh grossmeyster sifatida Sergey Karjakinni deyarli ortda qoldiradi[9], biroq rekordini qaytalash uchun 17 kunga kechikadi. U 2019-yil 15-yanvarda 12 yosh, 7 oy va 17 kunligida tarixdagi uchinchi eng yosh grossmeysterga aylanadi[10]. Biroq, sportchi 2022-yil holatiga koʻra Hindistonning eng yosh shaxmat ustasi boʻlib qolmoqda. 2021-yil iyun oyida u Julius Baer Challengers Chess Tour, Gelfand Challenge musobaqasida 19 balldan 14 ball toʻplagan holda gʻoliblikni qoʻlga kiritadi[11].

2022-yilning avgust oyida oʻtkazilgan 44-shaxmat Olimpiadasida 8 oʻyin davomida 8 ball jamgʻarib oʻziga xos maglubiyatsiz seriya qayd etdi va 8-aylanada 1-pogʻonada borayotgan AQSh terma jamoasini magʻlub etishga yordam berdi. U musobada davomida 11 balldan 9 ball toʻplagan holda, 2867 ELO koʻrsatkichi bilan, 1-taxtada oltin medalni qoʻlga kiritdi.

  1. He is also the third youngest player in the world (after Wie Yi and Alireza Firouzja) to reach 2700 in classical. „List of titles approved by the 2019 1st quarter PB in Astana, Kazakhstan“. FIDE. 2019-03-11. Retrieved 2019-03-25.
  2. Prasad RS. „My achievement hasn't yet sunk in: Gukesh“. The Times of India (2019-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 18-mart.
  3. Lokpria Vasudevan. „D Gukesh: Grit and determination personify India's youngest Grandmaster“. India Today (2019-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 18-mart.
  4. „Velammal students win gold at World Cadet Chess championship 2018“. Chennai Plus (2018-yil 9-dekabr). 2019-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-mart.
  5. Shubham Kumthekar; Priyadarshan Banjan. „Gukesh D: The story behind a budding talent“. IIFL Wealth Mumbai International Chess Tournament (2018). 2019-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-dekabr.
  6. „Chess: India's Gukesh, Savitha Shri bag gold medals in U-12 World Cadets Championship“. scroll.in (2018-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 9-dekabr.
  7. Prasad RS. „Gukesh wins 5 gold medals in Asian Youth Chess Championship“. The Times of India (2018-yil 13-mart). Qaraldi: 2018-yil 9-dekabr.
  8. Prasad RS. „Gukesh making all the right moves“. The Times of India (2018-yil 13-mart). Qaraldi: 2018-yil 9-dekabr.
  9. Shah, Sagar. „Gukesh with 2 GM norms and 2490 Elo is on the verge of becoming world's youngest GM“. ChessBase India (2018-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 9-dekabr.
  10. Shah, Sagar. „Gukesh becomes second youngest GM in history“. Chess News. ChessBase (2019-yil 15-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 15-yanvar.
  11. Rao, Rakesh. „Gritty Gukesh wins Gelfand Challenge“. The Hindu (2021-yil 14-iyun). Qaraldi: 2021-yil 18-iyun.