Kontent qismiga oʻtish

Gul (marosim)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gul — marhum xotirasiga bagʻishlab oʻtkaziladigan marosim. G. marosimi bahorda gullar ochilgan chogʻda, vafot etganlarning yiliga qadar oʻtkaziladi. Asosan, qarindosh, qoʻni-qoʻshni ayollar qatnashadi. Ularning oldiga dasturxon yozib choy-non, baʼzan taom tortiladi. Suhbataro marhum xotirlanadi, faoliyati tilga olinadi, uning shaʼniga duoyi-fotiha oʻqib tarqaladilar. Uning oilasidagi ayollar va xohlaganlar qabristonga borib marhumning qabriga gul qoʻyadilar (baʼzilar gulni qabr tuprogʻiga koʻmadilar).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil