Gulchorbogʻ saroyi
Gulchorbogʻ saroyi | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | saqlanmagan |
Turi | saroy |
Shahar | Karmana |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Koordinatalar | 40°08′08″N 65°23′07″E / 40.13567387513264°N 65.3854000496508°E |
Qurilishi boshlangan | 1895-yil |
Qurilishi tugagan | 1905-yil |
Gulchorbogʻ saroyi (yoki Gul chorbogʻ saroyi; taxminan 1895—1905-yillar oraligʻida qurilgan) — Buxoro amiri Abdulahadxon tomonidan Karmanada qurdirilgan saroy. Atrofi gulzor va daraxtzor bogʻ boʻlgan. Hozirgi Karmana shaharchasining sharqiy chegarasida, „Oftobjon“ (sobiq „Malchish Kibalchish“) oromgohi oʻrnida qurilgan. Hozirgi kungacha saqlanib qolmagan[1].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gulchorbogʻning maydoni taxminan 3 gektarga yaqin boʻlgan[2] (boshqa bir manbada taminan 5 gektar boʻlgani aytiladi[3]). Atrofi 7 paxsali baland devorlar bilan oʻralgan. Saroy qoʻrgʻonining toʻrt tomonida darvozalari boʻlib, qoʻrgʻon ichida turli manzarali va mevali daraxtlar, gullar oʻtqazilgan. Saroy bogʻida ekilgan turli-tuman gullar koʻpgina xorijiy mamlakatlardan keltirilgan[4].
Bogʻda mevali daraxlardan asosan anjir, anor va oʻrik yetishtirilgan[3].
Bogʻ markazidan oʻrin olgan saroyda amir dam oladigan, yuksak martabali mehmonlarni kutadigan xonalar boʻlgan. Gulchorbogʻ saroyi xuddi Mirzo chorbogʻ, Charmgar chorbogʻ saroylari kabi bezatilgan[5].
Saroy bogʻining turli joylarida 7 ta hovuz boʻlgan. Ularning atrofi ham turli gullar, tol va chinor daraxtlari bilan oʻralgan[3][5].
Ushbu saroy va bogʻ bugungi kungacha saqlanib qolmagan, SSSR davrida saroy butkul buzilib, oʻrnida „Malchish Kibalchish“ bolalar dam olish oromgohi qurilgan[3][5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Hotamov, Halilov 1995, s. 28.
- ↑ Hotamov, Halilov 1995, s. 28–29.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 Hotamov, Bekniyozov 2007, s. 25.
- ↑ Hotamov, Halilov 1995, s. 28-29.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 Hotamov, Halilov 1995, s. 29.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Hotamov A., Halilov Sh.. Yillar sadosi. Toshkent: Adolat, 1995 — 72-bet.
- Hotamov A., Bekniyozov N.. Karmana — qadimiy diyor. Toshkent: Oʻzbekiston, 2007 — 152-bet. ISBN 978-9943-01-070-3.