Kontent qismiga oʻtish

Guli Asalxo’jayeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Guli Asalxo'jaeva
Tavalludi 1971-yil 24-may
Qirgʻiziston Respublikasi, Jalolobod
Kasbi san'atkor, qoʻshiqchi
Turmush oʻrtogʻi Ravshan Xoʻjayev
Bolalari Jahongir Xoʻjayev, Muhammad Javohir Xoʻjayev

Guli Asalxoʻjayeva—(1979-yil 24-may, Jalolobod, Qirgʻiziston) oʻzbek estradasi xonandasi[1].Guli Asalxoʻjaevaning qoʻshiqlari oʻzbeklar orasida keng tarqalgan.

Guli Asalxoʻjaeva 1971-yil 24-may kuni Qirg'iziston Respublikasining Jalolobod shahrida tavallud topgan. Sanʼatkorlar oilasida tugʻilgan. Guli Asalxoʻjayeva san’atkor, qoʻshiqchi va sozanda oilasida tugʻilgan, bu esa Gulining sanʼat sohasiga kirib kelishiga katta turtki boʻlgan. Guli maktabni tamomlaganidan soʻng O'zbekiston Davlat Sanʼat institutiga oʻqishga qabul qilingan, u yerni tamomlaganidan soʻng katta sanʼat va shou-biznesga qadam qoʻygan.

Turmush oʻrtogʻi Ravshan Xo'jayev ham sanʼatkor boʻlganligii uchun Gulini toʻgʻri tushunib unga yordam bergan. Guli Asalxoʻjayevaning ikki nafar oʻgʻli ham sanʼat sohasiga oʻz hissalarini qoʻshib bormoqdalar, ular Jahongir Xo'jayev, Muhammad Javohir Xoʻjayev kabi sanatkorlar Guli Asalxoʻjayevaning oʻgʻillari hisoblanadilar .Jahongir Xo'jayev ,,Aktyor'' ko'rik tanlovida ishtiroq etib o'z muhlislarining etiborini qozongan. Oʻzbek sanat olamida mashhur boʻlgan Mavluda Asalxoʻjayevaning singlisihamdir. Ular birgalikda ijod qilishib, birgalikda konsertlar ham berganlar[2].

Ijoddan charchamas xonanda xozirgi kungacha 6 dan ortiq albomlarini oʻz muhlislariga taqdim etgan. Guli Asalxoʻjayevani mashhur qilgan qoʻshiq „Ketma“ deb nomlangan. Guli Asalxoʻjayeva birinchi albomini „Goʻzalman“ deb nomlagan. „Goʻzalman“ albomi Xitoyning Urumchi shahrida, shuningdek ikki tilda yani uygʻur va oʻzbek tillarida ham internet tarmoqlaridan joy olgan, soʻngra keyingi „Alamo“, „Niyat“, „Bolajon“, „Adras“ va 2011-yilda yangi „Sevsang sevaman“ kabi albomlarini yaratgan. Guli Asalxoʻjayevaning 35 dan ortiq video kiliplari mavjud[3][4].

  • „Bormayman“
  • „Bolaginam bolasi“
  • „Atirgulim“
  • „Kelinlar“
  • „Duv-Duv“
  • „Aldading“
  • „Ayol“
  • „Kelma“
  • „Toy bolam“
  • „Gulixonman“
  • „Dam-Dam“
  • „Goʻzalman“
  • „Alamo“
  • „Niyat“
  • „Bolajon“
  • „Adras“
  • „Sevsang sevaman“ [5]
  1. „Guli Aslxo'jayeva bilan suhbat“. ok.ru. ok.ru. Qaraldi: 21-iyul 2024-yil.
  2. „Mavluda & Guli Asalxo'jayeva Tatil Мавлуда & Гули Асалхужаева Татил“. youTube. Qaraldi: 2-oktabr 2024-yil.
  3. „Guli Asalxo'jayeva“. muz.uz. muz.uz. Qaraldi: 21-iyul 2024-yil.
  4. „Yulduzlar biografiyasi“. Betakror.com. Qaraldi: 2-oktabr 2024-yil.
  5. „Guli Asalxo'jaeva“. ismlar.com.Qaraldi:2-oktabr 2024-yil.