Guli Ergasheva
Qiyofa
Guli Ergasheva | |
---|---|
Tavalludi |
11-dekabr 1980-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Taʼlimi |
Andijon davlat chet tillari instituti (Bakalavr) Oʻzbekiston Milliy universiteti (Magistratura) |
Kasbi | Oʻqituvchi |
Dini | Islom |
Unvoni | Professor |
Mukofotlari |
Ergasheva Guli Ismoil qizi (1980-yil, 11-dekabr; Namangan viloyati, Uchqoʻrgʻon tumani) – filologiya fanlari doktori (professor), „Shuhrat“ medali sohibasi.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Guli Ergasheva 1980-yil 11-dekabrda Namangan viloyatining Uchqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan.
2000-yilda Andijon davlat universitetining bakalavr bosqichini, 2002-yilda esa Oʻzbekiston Milliy universitetining magistratura bosqichini tamomlagan[1].
2018-yilda „Turli tizimdagi tillarda genderga oid terminologiyaning shakllanishida lingvistik va ekstralingvistik omillar“ mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[2].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2002—2005-yillarda Oʻzbekiston Milliy universiteti aspiranti;
- 2006—2015-yillarda Oʻzbekiston Milliy universiteti Ingliz tilshunosligi va tarjima nazariyasi kafedrasi oʻqituvchisi;
- 2015—2018-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti doktoranti;
- 2019—2020-yillarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi dotsenti;
- 2021—2022-yillarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tilini oʻqitish metodikasi va taʼlim texnologiyalari kafedrasi professori;
- 2021—2023-yillarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha dekan muovini;
- 2023-yildan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti dekani[1].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Yil ayoli“ milliy tanlovi gʻolibasi (2022-yil)[3][4];
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-sentyabrdagi farmoniga asosan Ergasheva Guli Ismoil qizi „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan[5][6].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Appointment“ (inglizcha). uzswlu.uz (20-sentyabr 2023-yil). Qaraldi: 28-sentyabr 2024-yil.
- ↑ „Ergasheva Guli Ismoil qizining filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon“. oak.uz (28-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 28-sentyabr 2024-yil.
- ↑ „"Ayoli eʼzozlangan yurt" shiori ostida ko‘rik-tanlovlar g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.“ (26-dekabr 2022-yil). Qaraldi: 28-sentyabr 2024-yil.
- ↑ „OʻzDJTU professori “Yil ayoli” tanlovida Gran-pri sohibasiga aylandi“. Qaraldi: 28-sentyabr 2024-yil.
- ↑ „O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida“. uza.uz (27-sentyabr 2024-yil). Qaraldi: 28-sentyabr 2024-yil.
- ↑ „O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida“. president.uz (27-sentyabr 2024-yil). Qaraldi: 28-sentyabr 2024-yil.