Gulia Dmitriy Iosifovich
Gulia Dmitriy Iosifovich | |
---|---|
Tavalludi |
21-fevral 1874-yil Suxumi, Uarcha qishlogʻi |
Vafoti |
7-aprel 1960-yil (86 yoshda) Abxaziya, Agudzer qishlogʻi |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi va SSSR |
Kasbi | Shoir |
Mukofotlari | |||||| |
Gulia Dmitriy Iosifovich (1874-yil 21-fevral, Suxumi, Uarcha qishlogʻi – 1960-yil 7-aprel, Abxaziya, Agudzer qishlogʻi) – Abxaziya xalq shoiri (1937), yangi abxaz adabiyotining asoschisi; Abxaz teatri truppasi tashkilotchilaridan biri (1921).
Gulia koʻplab doston, drama, roman, ballada, masal, lirik sheʼrlar yozgan. Uning asarlarida Abxaziyaning goʻzal tabiati, xalqining mehnatsevarligi, turli millatlar doʻstligi, abxazlarning turmush tarzi tasvirlangan. „Ona shahrim“, „Abxaziyada bahor“, „Choʻpon haqida qoʻshiq“ singari asarlari abxaz sheʼriyatining eng yaxshi namunalaridan hisoblanadi. Gulia abxaz nasri (hikoyachiligi)ning ham asoschisi („Begona yurtlarda“ (1919) va boshqalar). Xalq qismati haqida hikoya qiluvchi „Kamachich“ (1940) romani bilan milliy romanchilikni boshlab bergan. „Sharpalar“ (1946) dramasi abxaz teatrlari repertuaridan mustahkam oʻrin olgan. Gulia xalq ogʻzaki ijodi, tarix, til, adabiyot, etnografiyasiga oid ilmiy asarlar, shuningdek, „Abxaziya tarixi“ va boshqa qator darslik va oʻquv qoʻllanmalari muallifi. K. Machavariani bilan hamkorlikda abxaz alifbosini tuzgan (1892).
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |