Kontent qismiga oʻtish

Guligaz qorakoʻl teri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Guligaz qorakoʻl teri (toj. guligaz — yulgʻun gulining rangi) — oq aralash jigarrang yoki malla rang junli qorakoʻl teri. Guligaz rangining toʻqochligi oq junlarning jigarrang yoki malla rang junlarga boʻlgan nisbatiga bogʻliq: oq junlar 73,4—81% boʻlsa och guligaz, 45,6—54,4% boʻlsa oʻrta yoki normal (och pushti tusli) guligaz, 20% boʻlsa toʻq (qizgʻish) guligaz boʻladi. Yarim doira oʻrta va uzun qalamgulli hamda dona gulli, juni ipaksimon, tekis, yaltiroq terilar juda chiroyli. Oʻzbekistonda hozirgi olinayotgan guligaz terilarning taxminan 84% oʻrta yoki normal guligaz, 11% och guligaz va 5% toʻq guligaz.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil