Kontent qismiga oʻtish

Guljaxon Maxmudova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Guljaxon Maxmudova
Tavalludi 1985-yil
Quva tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Oʻzbekiston Milliy universiteti
Taʼlimi Fargʻona politexnika instituti
Ilmiy darajasi iqtisodiyot fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Guljaxon Nematjonovna Maxmudova (1985-yil, Quva tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Guljaxon Maxmudova 1985-yilda Quva tumanida tugʻilgan[1]. 2000-yili Fargʻona politexnika instituti bakalavriaturasining „Moliya“ yoʻnalishiga oʻqishga qabul qilingan va 2004-yilda tugatgan. 2004—2006-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining „Davlat moliyasini boshqarish“ mutaxassisligi boʻyicha magistraturasini tamomlagan. 2006—2007-yillarda „Paxta bank“ Fargʻona viloyat boshqarmasida 1-toifali mutaxassis, bosh mutaxassis lavozimlarida ishlagan. 2007—2010-yillarda Fargʻona davlat universitetining aspiranturasida oʻqigan[1]. 2010—2014-yillarda Fargʻona politexnika instituti „Buxgalteriya hisobi va audit“ kafedrasi assistenti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali „Ijtimoiy fanlar“ kafedrasi katta oʻqituvchisi, dotsenti vazifasini bajaruvchisi, kafedra mudiri lavozimida ishlagan. 2014—2016-yillarda Oʻzbekiston Milliy universiteti „Makroiqtisodiyot“ kafedrasi katta ilmiy xodim-izlanuvchisi, 2014—2015-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti „Menejment va marketing“ kafedrasi dotsenti, 2015—2016-yillarda Oʻzbekiston Milliy universiteti „Makroiqtisodiyot“ kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi, 2017-yildan „Iqtisodiyot nazariyasi“ kafedrasi dotsenti va 2019-yildan mazkur kafedra professori lavozimida faoliyat yuritmoqda[1].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilning 24-dekabrida „Agrar sohani investitsiyalash samaradorligini oshirish yoʻnalishlari“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 2018-yil 29-iyunda Toshkent moliya institutida „Iqtisodiyotni modernizatsiyalash modellarining nazariy asoslarini takomillashtirish“ mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini (DSs) himoya qilgan. 130 ga yaqin ilmiy ishlar, jumladan, 6 ta monografiya, 10 ga yaqin oʻquv-uslubiy koʻrsatmalar, 100 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383-bet.