Kontent qismiga oʻtish

Gulnobod jangi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Gulnobod jangi - Eron safaviplari va afgʻon qoʻshinlari oʻrtasida (1722-yil 8-mart) boʻlgan jang. Isfahon yaqinidagi Gulnobod qishlogʻi yaqinida safaviy qoʻshinlari butunlay tor-mor qilingan. Afgʻonlar qoʻshini rahbari Mahmud Gilzoyi (Xotaki) bundan foydalanib, safaviylarning poytaxti Isfahonni qamal qilgan. 1722-yil 22 oktabrda Eron shohi Husayn Safaviy Isfahonni afgʻonlarga topshirgan. Shu yiliyoq Mahmud Gilzoyi Eron shohi taxtiga oʻtirgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil