Kontent qismiga oʻtish

Gulqand (shirinlik)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gulqand — gulbarg bilan shakardan tayyorlanadigan shirinlik. Ochilgan qizil atirgullar terib olinadi, oʻgʻirda tuyib, shakar aralashtiriladi, idishga solinib, oftobga qoʻyiladi. Gulbarglarni yana tuyib, shakar qorib idishga solinaveradi. Oftobda uzoq turib, shakar ezilgan gulbarglariga singadi va G. hosil boʻladi. G. xalq tabobatida bedarmonlik, kamqonlik, yoʻtal kabilarga davo sifatida isteʼmol etiladi. G.ni baʼzi joylarda oftobigulqand deb qam ataydilar.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil