Gulruxsor Ergasheva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gulruxsor Surxoniddinovna Ergasheva
Tavalludi 13-mart 1974-yil (1974-03-13) (50 yosh)
Beshariq tumani, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi biolog
Sohasi pedagogika
Taʼlimi Toshkent davlat pedagogika instituti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Gulruxsor Surxoniddinovna Ergasheva (1974-yil 13-mart, Beshariq tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, pedagogika fanlari doktori, professor.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gulruxsor Ergasheva 1974-yil 13-mart Beshariq tumani Shoberdi qishlogʻida tugʻilgan[1]. 1996-yilda Toshkent davlat pedagogika institutining tabiiy fanlar fakultetini tamomlagan. 1995—1997-yillarda Beshariq tumanidagi 44-maktabning biologiya fani oʻqituvchisi, 1998—2000-yillarda Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 13-maktabning biologiya fani oʻqituvchisi, 2000—2003 yillarda Oʻzbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti aspiranti, 2003—2004-yillarda ushbu institutning ilmiy xodimi, 2004—2005-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya va inson hayotiy faoliyati muhofazasi kafedrasi oʻqituvchisi, 2005—2006-yillarda kafedraning katta oʻqituvchisi, 2006—2008-yillarda kafedra dotsenti, 2008—2012-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti doktoranti, 2012—2015-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti „Biologiya va uni oʻqitish metodikasi“ kafedrasi dotsenti, 2015—2017-yillarda universitetning „Hayot faoliyati xavfsizligi“ kafedrasi mudiri, 2018—2019-yillarda universitetning Ilmiy innovatsiyalarni tijoratlashtirish boʻlimi boshligʻi, 2020-yildan universitetning Boshlangʻich taʼlim fakulteti dekani va „Biologiya va uni oʻqitish metodikasi“ kafedrasi professori[1].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oilali, 4 nafar farzandi bor[1].

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yilda „Biologiya darsliklari oʻquv materiallarini loyihalashning didaktik asoslari“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan va pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan, 2018-yilda „Biologiya taʼlimida interaktiv dasturiy vositalardan samarali foydalanishni takomillashtirish“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan, pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan. 110 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 20 dan ortiq metodik, oʻquv qoʻllanmalar va darsliklar muallifi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342 bet. 

Andoza:OʻTOE