Kontent qismiga oʻtish

Gulshira

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gulshira, nektar — oʻsimlikning shira bezlaridan chiqadigan shirin suyuqlik. Shira bezlari koʻpincha gulning ichida, kamdan-kam barg bandida, barg chetlarida, yonbarglarda va gulyonbarglarda joylashadi; ular gʻudda, boʻrtmacha, chuqurcha, halqacha, tarnovcha shakllarida boʻladi. Gulshiramurakkab modda boʻlib, qandning suvdagi eritmasi (glyukoza, fruktoza, saharoza)dan iborat. Uning tarkibida koʻp miqdorda spirt (manit), dekstringa oʻxshash boʻyovchilar, azotli va aromatik moddalar, mineral tuzlar, kislota va fermentlar boʻladi. Gulshirachetdan changlanishni taʼminlaydigan asalari va b. hasharotlar (ari, tukli ari, kapalaklar) uchun ovqat hisoblanadi. Oʻsimlikning Gulshiraajratish jarayoni koʻp jihatdan uning yoshi, gullash fazasi, kecha-kunduzga, havo harorati va namlikka bogʻliq (mas, gʻoʻzaning har bir guli bir kecha-kunduzda oʻrtacha 8,08 — 12,32 mg Gulshiraishlab chiqaradi). Tarkibida koʻp miqdorda shirasi boʻlgan oʻsimlikda nektar ajralishi fotosintezga bogʻliq. Shuning uchun unga quyosh nuri zarur. Bundan tashqari turli vaqtda yoki turlicha oʻsimliklardan yigʻilgan G.da qand miqsori bir xil boʻlmaydi. Bu esa ularning sifat jiqatidan bir-biridan farq qilishiga olib keladi. Asalari organizmida qayta ishlangan G.dan asal hosil boʻladi.

Lutfulla Abdurahmonov.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil