Gulsin Onay
Gulsin Onay | |
---|---|
Tavalludi | 12-sentyabr 1954 |
Fuqaroligi | Turkiya |
Turmush oʻrtogʻi | Ersin Onay |
Veb-sayt | http://www.gulsinonay.com |
Gülsin Onay (1954-yil 12-sentyabrda tugʻilgan, Istanbul) — turk pianinochisi. Turkiya davlat artisti (1987).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gulsin Onay uch yoshidan boshlab pianino chalgan[1]. Onasi unga birinchi oʻyin darslarini berdi[2].
Gulsin olti yoshida TRT Radio Istanbulda birinchi konsertini berdi[1]. Gulsin Onay 10 yoshida „Üstün Yetenekli Çocuklar Kanunu“ davlat stipendiyasini oldi, bu unga Anqarada maxsus taʼlim olish imkonini berdi, uerda Gulsinga Mithat Fenmen va Ahmad Adnan Saygun musiqadan saboq berdilar. Gulsin Onay keyin Parij konservatoriyasida tahsil oldi, uning ustozlari orasida Nadiya Bulanjer va Per Sankan ham bor edi. U 16 yoshida konservatoriyani tugatib, „Premier Prix de Piano“ni olgan[3]. Keyin u Gannover musiqa va teatr universitetida tahsil oldi[1].
U 68 mamlakatda konsert berdi. Polsha Davlat medali bilan taqdirlangan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Gülsin Onay“. Turkish Culture Foundation web site. 2016-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-avgust.
- ↑ „Gülsin Onay, pianist (interview)“. Talent-unlimited.org.uk web sie. 2016-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-avgust.
- ↑ „Piano Recital by Gülsin Onay acclaimed Turkish pianist“. Massachusetts Institute of Technology web site Music Theater Arts News. 2016-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-avgust.
- ↑ „Гюльсин Онай даст концерт в Стамбуле“. 2017-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-aprel.