Kontent qismiga oʻtish

Gultuvak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gultuvak — 1) ichiga tuproq solib, gul koʻkartiriladigan maxsus idish. Aksari sopoldan yasalib, bezak va sir berilmaydi. Gul va oʻsimliklarga moslashtirilib turli shakllarda yasaladi. Tubi teshik boʻladi. Solingan suv tuproqqa shimilib, gultuvakning tagiga qoʻyilgan idishga tushadi;

2) bezak mujassamotida gul, buta ostidagi tuvaksimon naqsh shakli. Amaliy sanʼat (naqqoshlik, ganchkorlik va boshqalar)da keng qoʻllanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil