Gulxayri kuyasi
Gulxayri kuyasi (Pectionophora malvella Hb.) — oʻyiqqanotli kuyalar oilasiga mansub zararkunanda kapalak. Qanotlari yoyilganda 10–12 mm. Oldingi qanotlari qoramtir yoʻlli och jigarrang , orqa qanoti och kulrang . Qurti (9–12 mm) sargʻish, boshi toʻq jigarrang . Ikkita birinchi boʻgʻimi binafsha rang , toʻq qizil. Oʻzbekistonda G.k. karantin obʼyekti. Oxirgi yoshdagi qurtlari 3—10 sm tuproq tagida yumaloq pishiq pilla ichida kishlaydi. Yiliga ikki, baʼzan uch avlod beradi. G.k. barg orqasiga, shona va gullarga 1—2 tadan tuxum qoʻyadi. Tuxumdan chiqqan qurtlari oʻsimlikning hosil organlarini zararlaydi. Zararlangan shona va gullar soʻliydi, toʻqiladi. Diapauza (bir yildan ortiq davom etishi mumkin) zarakunandaning saqlanib qolishi va tarqalishiga imkon beradi. Diapauzadagi qurtlar tuproq, urugʻ, qoplar va b.da boʻlishi mumkin.
Kurash choralari: karantin joriy qilish; 80% li texnik xlorofos yoki xlorofosning 80% li suspenziyasi (1,5—1,8 kg/ga), fozalon, sitrofosning 35% li eritmasini (2,5 kg/ga) purkash.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |