Binafsha
Qiyofa
(Gunafshadan yoʻnaltirildi)
Binafsha | ||
---|---|---|
Viola odorata | ||
Biologik klassifikatsiya | ||
| ||
Viola |
Binafsha (Viola), gunafsha — gunafshadoshlarga mansub, koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik, ekiladigan gul. B. Shim. yarim sharning oʻrta mintaqalarida tarqalgan. 500 ga yaqin turi maʼlum. Oʻzbekistonda 14 ta yovvoyi, 3 madaniy turi oʻstiriladi. Erta bahorda ochiladi. Poyasi yer bagʻirlab oʻsadi. Gullari yirik, toʻq safsar, oq, sariq, havorang, xushboʻy hidli. B. yer tanlamaydi, salqin joylarda, shuningdek qishda berk joylarda ham oʻsadi. Asosan, urugʻidan, ayrim turlari ildiz poyasini boʻlib ekish bilan koʻpaytiriladi. Xushboʻy B. (V. odarata)ning guli (0,04%) va bargi (0,05%)dan efir moyi olinadi. B.ning bu turi Qrimda koʻp ekiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |