Kontent qismiga oʻtish

Guralash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

GuralashOʻzbekiston va Tojikiston Respublikalari chegarasidagi togʻ dovoni. Jizzax viloyatining janubda, Zomin tumani hududida, Turkiston tizma togʻining markazidagi Zomin togʻ-oʻrmon davlat qoʻriqxonasi chegarasida joylashgan. Mutlaqbal. 3200 m. Yerusti parchalangan, yon bagʻirlari tik. Iqlimi sovuq. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 700 — 800 mm. Atrofida archazorlar bor. Qishda qalin qor bilan qoplanib yotadi. Guralashdan Guralashsoy (Sangzor daryosining irmogʻi) vodiysi orqali oʻtgan soʻqmoq yoʻldan may—oktyabr oylarida piyoda va otda oʻtish mumkin.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil