Kontent qismiga oʻtish

Gruzinlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Gurjilardan yoʻnaltirildi)
Gruzinlar

Gruzinlar, gurjilar yoki kartveller (oʻzlarini kartveli deb ataydilar) – xalq, Gruziyaning asosiy aholisi (3787 ming kishi). Rossiyada 131 ming kishi. Umumiy soni 4,15 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Shuningdek, Ozarbayjon, Ukraina, Gretsiya, Qozogʻiston, Turkiya, Eron va boshqa mamlakatlarda ham yashaydi. 17 ta subetnik guruhga boʻlingan: ajarlar, guriylar, imeretinlar, kartlilar, kaxetinlar, xevsurlar, megrellar, svanlar, javaxlar va boshqa Gruzin tilida soʻzlashadi. Dindorlari – asosan pravoslavlar, bir qismi (ajarlar, mesxilar guruhi) – musulmon-sunniylar.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil