Kontent qismiga oʻtish

Gurullavuqsoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gurullavuqsoy
Tavsif
Uzunligi 21
Davlat Oʻzbekiston


Gurullavuqsoy (Goʻrdiboysoy) - Navoiy viloyati Nurota tumanidagi soy, Qoratogʻning jan. yon bagʻridan (1200 m) boshlanuvchi 15 ta irmoqning qoʻshilishidan hosil boʻladi. G. jan. yoʻnalishda oqib, Zarafshon daryosiga (oʻngdan) yetmasdan Qizilravot qishlogʻidan shimolrokda tugaydi. Uzunligi 21 km, havzasining mayd. 52 km2. G.ning yuqori oqimida vodiysi tor. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi, kam suvli. Bahorda toʻlib oqadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil