Kontent qismiga oʻtish

Gusle

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Gusle

Gusle (serbcha: гусле, xorvatcha: gusle, slovencha: gusle ,albancha: lahuta), gusla (Bulg bolgarcha: гусла)[1] — bu janubiy slavyanlarning kamonsimon musiqa asbobi hisoblanadi. U (ayniqsa) Chernogoriya, Bosniya va Gertsegovina, Makedoniya, Xorvatiya, Serbiyada XX asrining soʻnggi uchdan bir qismiga qadar juda ommabop boʻlgan. U shuningdek, ilgari Bolgariyada ham mashhurlikka erishgan.

Gusle yogʻochdan oʻyilgan boʻlib, koʻrinishi oval yoki nok shaklida. Uning ochiq tomoni teri membranasi bilan qoplangan boʻlib, baʼzi turlarida bir nechta kichik rezonator teshiklari kesilgan. Boʻyin qismining yuqori tomonida uzun yogʻoch qoziq perpendikulyar ravishda joylashtirilib, unga 50-60 ot sochidan oʻralgan, bir yoki ikkita torlar tortilgan. Uni kamon tortish usuli kabi oʻynaladi. Torni boʻyin qismiga bosmagan holda, barmoqlar bilan oxista teginib, flajolet tovushlari yaratiladi.

Anʼana boʻyicha Gusle cholgʻu asbobiga, qiroat uslubidagi (yunak — barakalla) qadimiy qahramon-epos deb atalgan yunatsk qoʻshiqlari joʻr boʻlgan. Tarixiy yilnomalarda keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, Sharqiy Yevropaning koʻplab mamlakatlarida serb sayohatchi musiqachilari oʻz chiqishlarini namoyish etib, ulkan mashhurlikka erishishgan .

  1. Музыкальная энциклопедия 1974.
  • „Гусле“, Музыкальная энциклопедия. Том 2. М.: Советская энциклопедия, 1974. 
  • На страже сербской истории. Феномен гусле. — 2019.