Guttapercha
Guttapercha (ing . guttapercha, malayya tilida getah — smola va pertja — shu smolani ajratib chikaradigan daraxtning , shuningdek, Sumatra o.ning bir nomi) — asosan tropik oʻsimliklar shirasidan olinadigan kauchuksimon modda. Mol. m. 2000—2500. Zichligi 940–960 kg/m3, suyuqlanish temperaturasi 64—74°. G. oqishkulrang yoki sargʻish-jigarrang charmsimon modda. Toza G. — gutta (S5N8)p transpoliizopren (90% gacha) smola, oqsillar, tuzlar va suvdan iborat yuqori molekulali birikma. Beresklet va evkommiya oʻsimliklaridan olinadi. G. spirt va atsetonda erimaydi, benzol, benzin, uglerod sulfidda, xloroformda eriydi. 50—70° da yumshab plastik va yopishqoq yelimsimon holatga keladi. Oltingugurt taʼsirida kauchuk singari vulkanlanadi, suv oʻtkazmaydi, elektroizolyatsion xossasi yuqori. Suv osti kabellari uchun himoya materiali sifatida ishlatiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |