Gvadalahara
Qiyofa
Gvadalahara — Meksikadagi shahar, Xalisko shtatining maʼmuriy markazi. Meksika togʻligining jan.gʻarbiy qismida, dengiz sathidan 1500 m balandlikda joylashgan. Aholi soni jihatidan mamlakatda 2-oʻrinda turadi; 1,6 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Muhim temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Xalqaro aeroport bor. Gʻarbiy Meksikaning iqtisodiy markazi. Oziqovqat, toʻqimachilik, koʻn poyabzal, metallsozlik, mashinasozlik, kimyo, kulolchilik kor-xonalari; universitet bor. Meʼmoriy yodgorliklardan sobor (1571—1618), Santa-Monika cherkovi (1720—33) va b. saqlangan. Gvadalaharani 1530-yilda ispanlar bunyod etgan va u Markaziy Amerikani mustamlakaga aylantirishda tayanch punktlaridan biri boʻlgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |