Kontent qismiga oʻtish

Gvatemala bayrogʻi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Gvatemala bayrogʻi
Mamlakat Gvatemala
Fuqarolar bayrogʻi
Mutanosibligi 5:8
Qabul qilindi 28-fevral, 1885-yil (139 yil avval) (1885-02-28)

Gvatemala bayrog'i - Gvatemala Respublikasining rasmiy ramzidir.

Bayroq uchta teng vertikal chiziqdan iborat - ko'k, oq va och ko'k. Oq halollik va poklik ramzi, ko'k - qonuniylik va adolatni anglatuvchi ramz. Ikki moviy chiziq mamlakat geografiyasini ifodalaydi, chunki Gvatemala ikki okean, Tinch okeani va Atlantika okeani o`rtasida joylashgan quruqlikdir va oq bulut ostidagi mamlakatdir. Oq rang tinchlik va poklikni anglatadi. Bayroqning ranglari Markaziy Amerika Birlashgan Provintsiyalari bayrog'ining ranglaridan kelib chiqadi.[1]

Davlat va harbiy bayroqlarda oq chiziqning o'rtasida mamlakat gerbi joylashtirilgan. Gerbning elementlari erkinlik ramzi boʻlgan Gvatemala milliy qushilari quetzallar; Markaziy Amerikaning Ispaniyadan mustaqillikka erishgan sanasi yozilgan pergament varaq, 1821-yil 15-sentabr; zarur bo'lsa, Gvatemala o'zini kuch bilan himoya qilishga tayyorligini ko'rsatadigan o'zaro o'ralgan miltiqlar; dafna toji, g'alaba ramzi; va sharaf ramzi boʻlgan xochli qilichlar. Bu BMTga a'zo davlatlar orasida Mozambik, Gaiti va Boliviya bayroqlari bilan birga o'qotar qurollar mavjud boʻlgan to'rtta milliy bayroqdan biridir.

Markaziy Amerika Federativ Respublikasi bayrogʻi Gvatemalada 1851-yilgacha, ispanparast fraksiya egallab, bayroqqa ispan ranglarini qizil va sariq qoʻshgunga qadar ishlatilgan. Asl ranglar 1871-yil 17-avgustda tiklandi, lekin uni boshqa bayroqlardan ajratib turish uchun bayroqqa vertikal (gorizontal emas) chiziqlar va yangi gerb qo`shildi[2].

2008-yilda Bandera de Los Pueblos (Mahalliy xalqlar bayrog'i) deb nomlangan bayroq qonun bilan qabul qilindi va shundan beri u Gvatemala Prezidenti ishtirokidagi barcha tadbirlarda Gvatemala milliy bayrog'i bilan birga namoyish etildi. Bayroq to'rt qismga bo'lingan: qizil, sariq, oq va qora, ularning har biri mos ravishda Xinka, Garifuna, Mayya va Ladino xalqlarini ifodalaydi[2].

  1. https://www.fotw.info/flags/gt.html flag of guatemala
  2. 2,0 2,1 „Guatemala“. web.archive.org (2018-yil 13-noyabr). 2018-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-aprel.