Kontent qismiga oʻtish

Gwen Ffrangcon-Davies

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Dame Gwen Ffrangcon-Davies

Gwen Ffrangcon-Davies 1928-yil 27-iyunda
Tavalludi
Gwen Lucy Ffrangcon-Davies

25-yanvar 1891-yil
Vafoti 27-yanvar 1992-yil(1992-01-27)
(101 yoshda)
Halstead, Essex, Angliya
Fuqaroligi Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1911–1991

Dame Gwen Lucy Ffrangcon-Davies (1891-yil 25-yanvar, London, Angliya – 1992-yil 27-yanvar, Halstead, Essex, Angliya) – asosan teatr va televideniye, shuningdek radio va kino sohasida ham faoliyat olib borgan britaniyalik aktrisa. U aktrisa sifatida soʻnggi marta 1991-yilda oʻzining yuz yillik yubiley rolini ijro etgan.

Gwen Ffrangcon-Davies 1891-yil 25-yanvarda Angliyaning London shahrida Uelsdan koʻchib kelgan oilada tugʻilgan. Ismidagi „Ffrangcon“ nomi Snoudoniya vodiysidan kelib chiqqanligi taxmin qilinadi. Uning ota-onasi opera baritoni David Ffrangcon-Davies (tugʻilgan paytidagi ismi: David Thomas Davies) va Annie Francis Rayner edi.

Ffrangcon-Davies oʻzining sahna debyutini 1911-yilda ham qoʻshiqchi sifatida, ham aktrisa sifatida qildi. Butun faoliyati davomida Ellen Terry uni qoʻllab-quvvatlab turgan. 1924-yilda u va John Gielgud birga Romeo hamda Juliet rollarini ijro etishdi[1]. Keyin esa 1934-yilda „Richard of Bordeaux“ pyesasida qirolicha Anna rolini oʻynadi. 1925-yilda Ffrangcon-Davies „Tess of d’Urbervilles“ romanining sahnalashtirilgan versiyasida Tess rolini ijro etdi[2].

1938-yilda Ffrangcon-Davies Ivor Novello bilan „Henry V“ spektaklida birga chiqish qilishdi. Oʻsha yilning oxirida u Patrick Hamiltonning „Gas Light“ nomli spektaklida Mrs. Manningham rolini ijro etdi. Ffrangcon-Davies 1942-yilda John Gielgudning „Macbeth“ spektaklida deyarli butun bir yil davomida Lady Macbeth rolini oʻynadi. U 1958-yilda „Long Day’s Journey Into Night“ pyesasidagi Mary Tyrone roli uchun Evening Standard mukofotini qoʻlga kiritdi[3].

Ffrangcon-Davies 1970-yilda teatrdan nafaqaga chiqdi, lekin radio va televideniyeda chiqish qilishda davom etdi. 1990-yil Rojdestvo kunida, 99 yoshga toʻlishidan bir oy oldin BBC radiosida efirga uzatilgan „With Great Pleasure“ shousida ishtirok etdi. 1980-yilda u „Wogan“ nomli suhbat asosida olib boriladigan shouda ishtirok etdi, shouda u Julietning mashhur oʻlim sahnasini soʻzma-soʻz aytib berdi[4].

U oʻzining soʻnggi rolini „The Case-Book of Sherlock Holmes“ serialining „The Master Blackmailer at the age of 100“ epizodida ijro etdi. Serialda u Dowager rolini oʻynadi. U bu roli uchun Ginnesning rekordlar kitobiga „Eng keksa ijrochi (Buyuk Britaniya)“ yoʻnalishida kiritildi[5]. Uning rol ijro etgan filmlar orasida „The Witches“ (1966) va „The Devil Rides Out“ (1968) nomli harror janridagi dramalar ham bor[6][7]. Ikkala film ham Hammer Film Productions studiyasi tomonidan suratga olingan.

Shaxsiy hayoti va oʻlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ffrangcon-Davies 1991-yilda, 100 yoshga toʻlganida Britaniya Imperiyasining Dame Commander ordeni bilan taqdirlandi. U 2017-yilda hamkasbi aktrisa Olivia de Havilland ham ushbu unvonini olgunga qadar bu sharafga ega boʻlgan eng keksa ayol edi.[8]. Ffrangcon-Davies 1992-yil 27-yanvarda, 101 yoshga toʻlganidan ikki kun oʻtib va uning soʻnggi aktyorlik roli namoyish etilgandan bir oy oʻtib vafot etdi[5].

Ffrangcon-Davies BBC Radio 4 radiokanali orqali taqdim etiladigan „Desert Island Discs“ loyihasida ikki marotaba chiqish qildi. Birinchisi 1962-yil 8-oktabrda efirga uzatilgan boʻlsa, ikkinchisi 1988-yil 19-iyunda tinglovchilar etiboriga havola etildi[9][10] .

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Nom Rol Izoh
1936 Tudor Rose Mary Tudor
1940 Busmanʼs Honeymoon Ayol Aniq emas
1956 Paul Krüger Queen Victoria
1966 The Witches Granny Rigg
1968 The Devil Rides Out Countess
1970 Leo the Last Hilda
  • Martial Rose, Forever Juliet: the Life and Letters of Gwen Ffrangcon-Davies 1891–1992 (2003)
  • Helen Grime Gwen Ffrangcon-Davies, Twentieth-Century Actress London: Routledge, 2015 ISBN 9781848933194
  1. "Gielgud: A Theatrical Life 1904–2000" by Jonathan Croall
  2. Millgate, Michael. Thomas Hardy, a biography revisited. Oxford: Oxford University Press, 2004 — 517-bet. ISBN 9780199275663. 
  3. Rose, Martial. Forever Juliet: the life and letters of Gwen Ffrangcon-Davies, 1891-1992. Dereham, England: Larks Press, 2003 — 155-bet. ISBN 9781904006121. 
  4. Walker, Tim „Tim Walker on Gwen Ffrangcon-Davies, the actress who made the Queen tearful“ (en-UK). The New European (2020-yil 21-sentyabr). 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-iyun.
  5. 5,0 5,1 The New Guinness book of records, 1996, Norris McWhirter (founding editor) Peter Matthews: , Enfield: Guinness Pub, 1995 — 155-bet. ISBN 0-85112-646-4. OCLC 33486454. 
  6. „The Witches“ (en-GB). Hammer Films. 2023-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-iyun.
  7. „The Devil Rides Out“ (en-GB). Hammer Films. 2023-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-iyun.
  8. „Olivia de Havilland on Becoming the Oldest Person to Be Named a Dame: I'm 'Extremely Proud'“ (en-US). People (2017-yil 17-iyun). Qaraldi: 2017-yil 18-iyun.
  9. Gwen Ffrangcon-Davies; Desert Island Discs 1962; BBC
  10. Gwen Ffrangcon-Davies; Desert Island Discs 1988; BBC

Andoza:Eng yaxshi aktrisa uchun beriladigan Evening Standard teatr mukofoti sohibalari