Kontent qismiga oʻtish

Gxassul madaniyati

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Gxassul Madaniyatidan yoʻnaltirildi)

Gxassul madaniyati - eneolit davrining (mil. av. 5-ming yillikning oxiri — 4-ming yillik) arxeologik yodgorligi, Iordan daryosidan sharq tomonda (5,5 km uzoqlikda) joylashadi. Telaylat-Gxassul qishlogʻidan topilgani uchun shu nom bilan ataladi. Asosan, Transiordaniya va Falastinda tarqalgan. G. m. xom gʻishtdan tiklangan tosh poydevorli uy-joylardan iborat. Baʼzi uylar devorining ichki qismida har xil naqshlar bor. Qadahsimon va konussimon uzun, qoʻsh dastali sopol idishlar, turli tosh buyumlar koʻp topilgan. Oʻliklar tosh qabrlarga yakka-yakka koʻmilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Chayld G.. Drevneyshiy Vostok v svete novix raskopok, M., 1956.