Héctor Mancilla

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Héctor Mancilla
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Héctor Raúl Mancilla Garcés
Tavallud sanasi 12-noyabr 1980-yil (1980-11-12) (43 yosh)
Tavallud joyi Purranka, Chili
Boʻyi 179
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Yillar Jamoa
1999 Malleco Unido
2000-2005 Huachipato
2006 Colo-Colo
2006-2007 Veracruz
2008 Coatzacoalcos

Héctor Raul Mancilla Garcés (ispancha: Héctor Raúl Mancilla Garcés; 1980-yil 12-noyabrda tugʻilgan, Purranka, Chili) – Chililik sobiq professional futbolchi va hozirda futbol murabbiyi. Chililik boʻlishiga qaramasdan u Meksika fuqaroligiga ham ega.

Mancilla futbolchilik faoliyati davomida hujumchi sifatida oʻynagan, faoliyatining asosiy qismini Meksikada oʻtkazgan va Chili terma jamoasi safida umumiy 10 ta oʻyin oʻtkazgan. Mancilla – 72 ta gol bilan Huachipato klubining barcha vaqtlardagi eng koʻp gol urgan fubolchisi sifatida klub tarixiga kiradi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mancilla Purranka shahrida tugʻilgan va mahalliy Dos Alamos futbol jamoasida oʻynagan. Keyinchalik, u boshqa koʻplab havaskorlar klublarida oʻynadi, uning otasi ham futbolchi boʻlgan boʻlib darvozabon pozitsiyasida oʻynagan. Jiyanining muvaffaqiyatini payqagan futbolchining amakisi, sobiq futbolchi Edgardo Garses uni „Maleko Unido“ jamoasiga taklif qiladi. Yosh futbolchining ishonchli oʻyinini 19 yoshli hujumchi oʻzining ilk professional shartnomasini imzolagan „Huachipato“ jamoasi skautlari payqashdi. 2000-yil 15-oktabrda Ektor „Union Espanola“ ga qarshi oʻyinda premer-ligada debyut qiladi. 2001-yil 9-sentabrda Mancilla klubdagi dastlabki golini Santyago Uonderersga qarshi oʻyinda kiritadi. 2003-yilga qadar Mancilla asosan zaxiradan maydonga tushgan kamdan-kam hollarda asosiy tarkibga oʻyinni boshlagan. Keyinchalik u oʻziga bildirilgan ishonchni muvaffaqiyatli oqlaganligi tufayli asosiy tarkibda maydonga tushishni boshlaydi va 2005-yil Apertura mavsumida u 13 ta gol bilan turnirning eng yaxshi toʻpurariga aylandi. Huachipato klubi uchun Mancilla 100 dan ortiq oʻyin oʻtkazib, jami 54 gol uradi, muxlislar mehri va qoʻllab quvvatlashiga qaramasdan besh mavsumdan soʻng u jamoani tark etadi.

2006-yilning qishida Mancilla Chilining eng muvaffaqiyatli va mashhur klublaridan biri boʻlgan Kolo-Kologa koʻchib oʻtdi. U jamoa bilan oʻtkazgan olti oy mobaynida 15 oʻyinda 12 ta gol urdi va 2006-yilgi Apertura kubogi gʻolibiga aylanadi. Mancilla ham Libertadores kubogida ishtirok etib, terma jamoa safida ham debyut qiladi.

2006-yilning iyul oyida Chililik toʻpurarning isteʼdodidan hayratlangan Meksikaning „Verakrus“ klubi 800 ming dollarga uni sotib oladi. 2006-yil 13-avgustda boʻlib oʻtgan UNAMga qarshi bahsda Mancilla Meksika premyerasida debyut qiladi. 9-sentabr kuni UANL Tigresga qarshi oʻyinda u yangi jamoasi safida ilk golini uradi. Mancilla turnir davomida deyarli barcha oʻyinlarda gol uradi va mavsum oxirida 15 ta gol bilan jamoaning eng yaxshi toʻpurariga aylanadi. 2008-yilda jamoa rahbariyati Mancillani vaqtincha yoshlar jamoasiga oʻtkazishga qaror qiladi, hujumchi u yerda olti oy davomida oʻyin amaliyotlarini oʻtkazadi va ikkinchi divizionning 16 uchrashuvida 8 ta gol uradi.

2008-yilning yozida Mancilla Toluka klubi bilan shartnoma imzolaydi. 2008-yil 27-iyulda boʻlib oʻtgan „Atlanta“ga qarshi bahsda u yangi klubida debyut qiladi[1]. Oradan biroz vaqt oʻtgach, 3-avgust sanasida Americaga qarshi oʻyinda Mancilla Toluka uchun oʻzining birinchi golini uradi[2]. Yangi klubidagi birinchi mavsumidayoq Mancilla 11 ta gol urib, chempionlik va turnirning eng yaxshi toʻpurari unvonini qoʻlga kiritadi. Meksika futbol federatsiyasi maʼlumotlariga binoan, u eng yaxshi hujumchi sifatida ham tan olingan. 2009-yilgi Klausura mavsumi ham Chililik futbol shaydosi uchun oltin mavsum boʻldi. Mavsum davomida u yana Meksika chempioni unvoniga va uning eng yaxshi toʻpurari unvoniga erishadi. Mancilla Toluka uchun umumiy 96 oʻyinda jami 55 ta gol urgan. 2011-yil yanvar oyida 4,5 million dollar evaziga Mancilla UANL Tigresga transfer qilinadi.

2011-yilning 9-yanvarida boʻlib oʻtgan „Keretaro“ga qarshi oʻyinda Mancilla „UANL Tigres“ safida debyut qiladi[3]. Bir hafta oʻtgach, Mancilla yangi jamoasi uchun birinchi golini penaltidan kiritdi va bu „Necaxa“ ga qarshi oʻyinda UANLga gʻalaba keltirad[4]. Mavsum yakunida hujumchi yana bir bor mamlakat chempioniga aylanadi.

2012-yil oxirida Mancilla Monarcas Morelia jamoasi bilan shartnoma imzolaydi. 5-yanvar kuni boʻlib oʻtgan Kruz Azulga qarshi bahsda Monarcas Morelia (shaftolilar) safida debyut qiladi[5]. Oʻsha oʻyinda Mancilla Morelia safida oʻzining ilk golini uradi. Birinchi mavsumidayoq Mancilla ajoyib oʻyin koʻrsatadi va 16 uchrashuvda 12 ta gol uradi. 2014-yilning yozida u Kolumbiyaning Kukuta Deportivo jamoasiga transfer qilinadi. 25-sentabr kuni "Depor" klubiga qarshi kechgan bahsda u Kolumbiya Primera B[6] ligasida debyut qiladi. Oʻsha oʻyinda u Kukuta klubi uchun birinchi golini uradi.

2015-yil boshida Mancilla oʻzining vatani Uachipatoga qaytib, jamoada olti oy oʻynaydi. 2015-yilning yozida u Meksikaga qaytib keladi va u yerda Liga MXga yangi kelgan Dorados de Sinaloa klubi futbolchisi sifatida tanishtiriladi. 1-avgust kuni boʻlib oʻtgan Tixuanaga qarshi oʻyinda Mancilla Dorado safida debyut qiladi[7]. Ushbu uchrashuv davomida Mancilla yangi jamoasi safidagi ilk golini uradi.

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mancilla birinchi marta 2004-yilda Chili milliy futbol terma jamoasiga chaqiriladi[8]. U 2004-yilgi Amerika kubogi uchun Chili terma jamoasi safiga chaqiriladi, musobaqa davomida u Braziliyaga guruh bosqichida 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchragan paytda zaxiradan maydonga tushadi va terma jamoa safida debyut qiladi. Chilining guruh bosqichidagi oʻyinlarida u Paragvay bilan 1-1 boʻlgan oʻyinda yarim boʻlim va Chilini musobaqadan 1:2 hisobi orqali chiqarib yuborgan Kosta-Rikaga[9] qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushadi. Mancilla 2009-yilga qadar terma jamoa safiga qayta chaqirilmaydi, u 2009-yilning 6-iyunida terma jamoasi bilan Paragvayga[10] qarshi safarda 2:0 hisobida gʻalaba qozongan va 2009-yil 10-iyunda 2010-yilgi Jahon chempionati saralashida Boliviyaga qarshi 4:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda zaxiradan maydonga tushadi. Mancilla 2009 va 2010-yillarda 5 ta oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushadi, ammo Chili terma jamoasining 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun shakllantirilgan terma jamoa tarkibiga kiritilmaydi, bu voqeadan soʻng u 2010-yilda terma jamoa safidagi faoliyatini yakunlaydi.

Erishgan yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yutuqqa erishgan jamoasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toluka[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1Chempion Futbol boʻyicha Meksika chempionati – Apertura 2008
  • 1Chempion Futbol boʻyicha Meksika chempionati – Bisentenario 2010

UANL Tigres[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1Chempion   Futbol boʻyicha Meksika chempionati – Apertura 2011

Individual sovrinlar

  • Eng yaxshi toʻpurar – Apertura 2005
  • Oltin butsa – Apertura 2008
  • Oltin butsa – Klausura 2009
  • Turnirning eng yaxshi hujumchisi – Apertura 2008
  • Turnirning eng yaxshi hujumchisi – Klausura 2009

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Атланте VS. Толука 2:1“ (ru). soccerway.com (2008-yil 27-iyul). 2013-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
  2. „Толука VS. Америка Мехико 2:1“ (ru). soccerway.com (2008-yil 3-avgust). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
  3. „Керетаро VS. УАНЛ Тигрес 2:2“ (ru). soccerway.com (2011-yil 9-yanvar). 2014-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
  4. „УАНЛ Тигрес VS. Некакса 1:0“ (ru). soccerway.com (2011-yil 26-fevral). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
  5. „Монаркас Морелия VS. Крус Асуль 3:3“ (ru). soccerway.com (2013-yil 5-yanvar). 2013-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-avgust.
  6. „Кукута Депортиво VS. Депор 5:0“ (ru). soccerway.com (2014-yil 25-sentyabr). 2015-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-avgust.
  7. „Тихуана VS. Дорадос де Синалоа 1:2“ (ru). soccerway.com (2015-yil 1-avgust). 2015-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-avgust.
  8. „Бразилия VS. Чили 1:0“ (ru). soccerway.com (2004-yil 9-iyul). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-avgust.
  9. „Коста-Рика VS. Чили 2:1“ (ru). soccerway.com (2004-yil 15-iyul). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-avgust.
  10. „Парагвай VS. Чили 1:1“ (ru). soccerway.com (2004-yil 12-iyul). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-avgust.