Hélène Joy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hélène Joy

Joy in 2012
Tavalludi 27-may 1973
Perth, Vestern Avstralia
Fuqaroligi Kanada va Avstraliya
Kasbi Aktisa
Faoliyat yillari 1996–hozirgacha

Hélène Joy -(talaffuzi:Helen Joy;) Avstraliyalik aktrisa. U Durham okrugi va Merdok sirlari teleseriallaridagi rollari bilan koʻpchilik eʼtiboriga tushgan.

Hayoti va ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Joy Avstraliyaning Pert shahrida tugʻilib oʻsgan. Pertdagi Kyudeyl oʻrta maktabida[1] aktrisalik faoliyatini boshladi. Keyinchalik u yoshlar teatri jamoasi bilan Yevropaga gastrol uyushtirdi[2]. Joy Pertdagi Gʻarbiy Avstraliya sahna sanʼati akademiyasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Lekin undan oldin Kertin universitetida[1] teatr mutaxassisligi boʻyicha bir yil ishladi va shu yerda aktyorlik diplomini oldi. U akademiyaning eng yaxshi ijrochisi b’lganligi uchun Leslie Anderson mukofotiga sazovor boʻldi[3].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Televideniya va kino[tahrir | manbasini tahrirlash]

Joy Avstraliya teleseriallarida kichik rollarni ijro etgan:"Snowy River: The McGregor Saga" (1996), Water_Rats(1996–97), Big Sky (1997) va Stingers (1999)[2] Uch yildan soʻng, yigitining iltimosiga koʻra u Vancouver, Britaniya Kolumbiyasidan, Kanadaga koʻchib ketdi[4].

Vancouverga kelganidan soʻng, Joy "First Wave „ (2000), “The Outer Limits" (2001), "The Chris Isaak Show" (2002) va "The Twilight Zone „ (2002) kabi shoularda ish boshladi. 2003-yilda u qisqa muddatli CBC telekoʻrsatuvida “An American in Canada" (2003–04) [5] filmida Judy Surgick rolini oʻynadi[6]. 2005-yilda u "Desolation Sound" badiiy filmida suratga tushgan[2].

2007-yil Rojdestvoda Joy CBC telekanali uchun Brian Cox bilan roʻbaroʻ boʻlgan "Şelkunçik siri" baletining fantastik musiqiy film koʻrinishida paydo boʻldi. Joy 2008-yilda Hallmark uchun Jaklin Bisset bilan "An Old Fashioned Thanksgiving" filmida rol oʻynagan[7].

Joy boshqa dasturlar qatorida Heartland, Rookie Blue (2011), Republic of Doyle (2012) va The LA Complex (2012) da mehmon sifatida Ishtirok etgan[8].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Joy Avstraliyani tark etdi va yigitining ortidan vatani Vankuverga ketdi[9]. U vegetarian edi[10] va dam olish paytida butun dunyo boʻylab sayohat qilishni yaxshi koʻradi[11]. Joy Avstraliyada koʻchmas mulk agenti sifatida oʻqigan va litsenziyaga ega[12]; keyinchalik mulkni rivojlantirish bilan shugʻullangan[13].

Joy 2021-yil dekabr oyining oxirida Harrison Joy ismli qizni dunyoga keltirdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Canada wins Aussie Joy“. yau.news.yahoo.com. Yahoo. 2015-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-aprel.
  2. 2,0 2,1 2,2 "Hélène Joy". The Canadian Encyclopedia. https://www.thecanadianencyclopedia.ca/en/article/helene-joy. Qaraldi: September 8, 2019. 
  3. „Joy Biography“. cbc.ca. Canadian Broadcasting Corporation. Qaraldi: 2015-yil 26-aprel.
  4. Greg Quill, „Hélène Joy: Successful – and ignored“, Toronto Star, 10 January 2009.
  5. "Hélène Joy". The Canadian Encyclopedia. https://www.thecanadianencyclopedia.ca/en/article/helene-joy. Qaraldi: September 8, 2019. „Hélène Joy“. The Canadian Encyclopedia. Retrieved 8 September 2019.
  6. „Helene Joy C.V.“. garygoddardagency.com. Gary Goddard Agency. 2013-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-aprel.
  7. „Joy Biography“. cbc.ca. Canadian Broadcasting Corporation. Qaraldi: 2015-yil 26-aprel. „Joy Biography“. cbc.ca. Canadian Broadcasting Corporation. Retrieved 26 April 2015.
  8. „Helene Joy C.V.“. garygoddardagency.com. Gary Goddard Agency. 2013-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-aprel. „Helene Joy C. V.“ garygoddardagency.com. Gary Goddard Agency. Archived from the original (Wayback Machine saytida 2013-11-16 sanasida arxivlangan) on 16 November 2013. Retrieved 27 April 2015.
  9. Théault. „Murdoch Mysteries, France 3: Five things to know about Hélène Joy, aka Julia Ogden“. Tele Star (2015).
  10. Siddiqi. „On the town with Helene Joy“. National Post (2010). — „the staff often accommodates her vegan diet“. Qaraldi: 2022-yil 1-yanvar.
  11. „Joy Biography“. cbc.ca. Canadian Broadcasting Corporation. Qaraldi: 2015-yil 26-aprel. „Joy Biography“. cbc.ca. Canadian Broadcasting Corporation. Retrieved 26 April 2015.
  12. „Canada wins Aussie Joy“. yau.news.yahoo.com. Yahoo. 2015-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-aprel. „Canada wins Aussie Joy“. yau.news.yahoo.com. Yahoo. Archived from the original on 18 May 2015. Retrieved 28 April 2015.
  13. Mohan. „Interview: 'Murdoch Mysteries' star Helene Joy is rooting for a baby for William and Julia in Season 10“. Qaraldi: 2016-yil 27-sentyabr.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]