Hülya Koçyiğit
Hülya Koçyiğit | |
---|---|
Hülya Koçyiğit in 1964 | |
Tavalludi |
12-dekabr 1947-yil |
Fuqaroligi | Turkiya |
Kasbi | Film actress |
Faoliyat yillari | 1963–present |
Turmush oʻrtogʻi |
Selim Soydan (turm. 1968) |
Bolalari | 1 |
Mukofotlari |
Golden Orange Award for Best Actress (1969, 1973, 1975, 1983, 1990) Golden Boll Award for Best Actress (1973) Golden Orange Live Achievement Award (1996) |
Hülya Koçyiğit (1947-yil 12-dekabrda tugʻilgan) – turk aktrisasi. Turk kinosining taniqli ayol aktrisalaridan biri boʻlgan, u xalqaro kinofestivallarda, jumladan Antaliya Oltin apelsin kinofestivalida koʻplab mukofotlarga sazovor boʻlgan. Hammasi boʻlib Turk kino sanatida 180 ga yaqin filmlarda rol oʻynagan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koçyiğitning otasi Bolgariyadan kelgan turk muhojiri boʻlgan. Istanbulda oʻsgan va oʻrta taʼlimni Anqarada tamomlagan, u yerda Otaturk nomidagi Qizlar oʻrta maktabida oʻqigan. Oʻrta taʼlimda oʻqib yurgan davrida Istanbul shahar teatriga kiradi. Keyin Anqara Davlat sanʼat akademiyasining sanʼat boʻyicha taʼlim boʻyicha balet yunalishga oʻqishga kiradi.
Koçyiğit 1963-yilda Ses (soʻzma-soʻz: Ovoz) jurnali tomonidan oʻtkazilgan goʻzallik tanlovida ikkinchi oʻrinni egallagan, keyinchalik kino sanatiga kirishga qaror qilgan. Uning debyut filmi 1964-yilda 14-Berlin xalqaro kinofestivalida „Oltin ayiq“ mukofotiga sazovor boʻlgan "Susuz yoz" ("Quruq yoz „) boʻldi[1]. Bu tarif turk filmiga berilgan birinchi tarif boʻlgan. Derman, u rol ijro etgan filmi besh qitʼada koʻrilgan birinchi turk filmi edi. Uning yana bir mashhur filmi “Qurbagʻalar" xalqaro televideniyelarga sotilgan ilk turk filmi boʻlgan. 1991-yilda „Turkiya xalq artisti“ unvoniga sazovor boʻlgan.
Koçyiğit bilan hamkorlik qilgan mashhur rejissyorlar: Lütfü Akad, Atif Yilmaz, Sherif Goʻren, Metin Erksan, Orxan Aksoy, Memduh Ün, Ertem Eğilmez, Usmon F. Seden, Halit Refig va shu kabi koʻplab rejissyorlar bilan ishlashgan
Koçyiğit eng koʻp milliy va xalqaro mukofotlarni qoʻlga kiritgan turk aktrisasi va turk kumush ekranining eng tan olingan yuzi boʻlgan. Uning 1965-yildan 1974-yilgacha boʻlgan filmlaridagi rollari, uning bu ijrosi kino tomoshabinlarini hayratda qoldirgan. Jazoir, Gretsiya, Eron, Livan kabi koʻplab mamlakatridagi muxlislari qalbida unitilmas boʻlib qoladi.
2009-yilda Amerikaning mashhur serialaridan bir boʻlgan "Oltin qizlar" suratga tushgan. Serialda Bea Artur rolni oʻynagan.
1968-yilda Fenerbahche SK futbolchisi Selim Soydanga turmushga chiqdi. Ular oradan vaqt oʻtib Gulshah ismli qizi farzandli boʻlishadi[2].
Filmografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Seriya
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Macide Öğretmen
- Asla Unutma
- Nisan Yağmuru
- Oltin Qizlar
Filmlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mahalliy festival mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yilning eng yaxshi aktrisasi, Turkiya Turizm vazirligi (1964)
- Yil ayoli, Turk ayollar ittifoqi (1964)
- Jemile uchun Oltin apelsin (Antaliya) (1969)
- Zehra uchun Oltin Koʻza (Adana) (1972)
- Diyet uchun Oltin apelsin (Antaliya) (1975)
- Derman uchun Oltin apelsin (Antaliya) (1984)
- „Oltin apelsin“ (Antaliya) "Karilar koguşu" uchun (1990)
- Oltin apelsin, umr boʻyi muvaffaqiyat mukofoti
- Oltin koʻza, umr boʻyi muvaffaqiyat mukofoti
- Chasot, umr boʻyi muvaffaqiyat mukofoti
- Istanbul Film Festivali, Faxriy mukofot
- Anqara kino festivali, Faxriy mukofot
- Uçan Süpürge kinofestivalining faxriy mukofoti
- Siyod, Faxriy mukofot
Xalqaro kino mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nant kinofestivalida "Qurbogʻlar" uchun eng muvaffaqiyatli aktrisa mukofoti (1987)
- Bez Bebek, Amiens kinofestivalidagi eng yaxshi ayol roli uchun mukofot (1988)
Xorijiy filmlar festivali chiqishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Derman uchun London kinofestivali
- Berlin Film Festivali, Susuz Yaz uchun
- Meksika Film Festivali, Susuz Yaz uchun
- Tehron kino festivali, Gelin uchun
- Toshkent kinofestivali, Almanya Acı Vatan uchun
Film festivali namoyishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Susuz Yaz Berlin Film Festivali, Meksika Film Festivali
- Gelin Tehron kinofestivali
- Derman Karlovi kinofestivali, Venetsiya kinofestivali, London kinofestivali, Nant kinofestivali, Damashq kinofestivali (u eng katta mukofot sohibi), Toshkent kinofestivali
- Kurbagalar Nant film festivali, eng yaxshi ayol roli mukofoti
- Yalan Dunya Antaliya kinofestivali
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Berlinale 1964: Prize Winners“. berlinale.de. Qaraldi: 2010-yil 20-fevral.
- ↑ „Birlikte geçen 40 yıl“ (tr). Hürriyet. Qaraldi: 2011-yil 10-mart.
Tashqi havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Hülya Koçyiğit haqida turkum mavjud |
- Hülya Koçyiğit's official website (turkcha)
- Hülya Koçyiğit IMDbda
- Biyografi.info – Biography of Hülya Koçyiğit (turkcha)