Hüsameddin Çoban

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hüsameddin Çoban
1-Çobanoğulları beki
Saltanat 1211-?
Oʻtmishdoshi lavozimga asos solindi
Davomchisi Alp Yürek
Dini Sunni Islom

Hüsameddin Çoban — 1211-yilda Çobanoğulları bekligiga asos solgan Onadoʻli Saljuqiy davlati sarkardasi. XIII asrda yashagan. Qachon va qayerda tugʻilganligi va vafoti haqida aniq maʼlumotlar uchramaydi. Melîk'ül-ümera unvoni bilan ulugʻlangan[1].

Nasli[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hüsameddin Çoban turklarning Kayı qabilasidan boʻlganligi, Saljuqiy amiri Karatekinning avlodi ekanligi haqida manbalarda baʼzi maʼlumotlar uchraydi[2].

Hukmdorligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu beklikka qachon asos solingani haqida aniq maʼlumotlar uchramasa-da, Hüsameddin Çoban 1211-yildagi manbalarda Kastamonu beki sifatida qayd etilgan. Qilich Arslon II (1156-1192) davrida Çobanoğulları bekligiga asos solgani taxmin qilinadi[3].

İzzeddin Keykavus I davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hüsameddin Çoban Onadoʻli Saljuqiy davlatining eng tajribalari beklaridan biri hisoblanardi. İzzeddin Keykavus I va Alouddin kayqubod oʻrtasida yuz bergan taxt mojarosidan soʻng tinchlik shartnomasining (1212) imzolanish jarayonida Hüsameddin Çoban ham qatnashganligi haqida maʼlumot bor[4]. Hüsameddin Çoban İzzeddin Keykavus I davrida Vizantiya imperiyasi hududlariga bir necha marta hujumlar uyushtirgani va katta oʻljalarni qoʻlga kiritgani haqida manbalarda maʼlumotlar uchraydi[2].

Alouddin kayqubod davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hüsameddin Çoban İzzeddin Keykavus I ning oʻlimidan soʻng Alouddin kayqubodning taxtga chiqish marosimida qatnashgan, koʻplab hadyalar berib, davlati va oʻzining bogʻliqligini bildirgan[4]. 1223-yilda Sudak port shahri yunonlarning qoʻliga oʻtganligi sababli Alouddin kayqubod Sudakka harbiy safar qilish haqida yangi qaror chiqargan. Ushbu safarga bosh qoʻmondon sifatida Hüsameddin Çoban tayinlandi[5]. 1224-yilda Sudak shahri egallandi, yangi masjid qurildi va qozi, muazzin tayinlandi. Shuningdek, qipchoq xoni va rus knyazi ham Hüsameddinga tobeligini bildirdi[2]. Soʻngra koʻplab oʻljalar bilan Hüsameddin Kastomonuga qaytib keldi.

Sudak safaridan keyingi davrlarda Hüsameddin Çoban haqida manbalarda biror maʼlumot yoʻq. Ammo Alouddin kayqubod tarafidan Ertoʻgʻrul bey, Gunduz Alp va Goʻk Alplarning Hüsameddin Çoban qoʻl ostiga berilganligi haqida maʼlumotlar mavjud[6].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Yücel, Yaşar (1980). a.g.e (1988 bas.), syf. 36.
  2. 2,0 2,1 2,2 Taneri, Aydın. "Hüsâmeddin Çoban" (Türkçe). TDV İslâm Ansiklopedisi (1998 nashri). Türkiye Diyanet Vakfı. 513 b. Archived from the original on 16-dekabr 2019-yil. https://web.archive.org/web/20191216203354/https://islamansiklopedisi.org.tr/husameddin-coban. 
  3. Yücel. "Çobanoğulları" (Türkçe). TDV İslâm Ansiklopedisi (1993 nashri). Türkiye Diyanet Vakfı. 354-355 b. Archived from the original on 17-dekabr 2020-yil. https://web.archive.org/web/20201217195519/https://islamansiklopedisi.org.tr/cobanogullari. 
  4. 4,0 4,1 Yücel, Yaşar (1980). a.g.e (1988 bas.), syf. 37.
  5. Yücel, Yaşar (1980). a.g.e (1988 bas.), syf. 38.
  6. Yücel, Yaşar (1980). a.g.e (1988 bas.), syf. 39.
Humkdorlik unvoni
Oʻtmishdoshi:
lavozimga asos solindi
Çobanoğulları beki
1211-nomaʼlum
Vorisi:
Alp Yürek