Kontent qismiga oʻtish

Habib Ahroriy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Habib Ahroriy
Tavalludi 15-avgust, 1913-yil
Vafoti 30-noyabr, 1983-yil (70 yosh)
Dushanbe, Tojikiston SSR, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR

Habib Ahroriy(1913-yil 15-avgust, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR - 1983-yil 30-noyabr, Dushanbe shahri, Tojikiston SSR, SSSR) - yozuvchi hamda tarjimon. U Tojikiston xalq madaniyati xodimi, Tojikiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi[1]. 1985-yilgi „Rucha—tojikcha lugʻat“ni tuzish jarayonlarida ishtirok etgan.

Habib Ahroriy 1913-yil 15-avgust kuni Oʻzbekiston SSR tarkibidagi Samarqand viloyatida tugʻilgan. U 1941-yil Toshkent davlat pedagogika institutining rus tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Tojikistondagi nashriyotlarda boshlaydi. 1942-yildan 1948-yilgacha Ishchi-dehqonlar Qizil Armiyasi safida xizmat qilgan. Armiyada payti, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. U 1948-yildan 1950-yilgacha Oʻzbekiston SSR radio qoʻmitasida tojik dasturlar bosh muhariri boʻlgan. 1952-yildan 1953-yilgacha Tojikiston davlat universitetida filologiya fakulteti oʻqituvchisi boʻlib ishladi. 1953-yildan 1954-yilgacha ilmiy xodim sifatida ishlagan. Habib Ahroriy 1955-yil Tojikiston tarixi davlat institutida tarjima nazariyasi boʻlimi mudiri lavozimiga tayinlandi. Biroq, 1957-yilda ayrim sabablarga koʻra, lavozimida ozod etildi. 1977-yilga kelib, yana xuddi shu oliy taʼlim muassasasida tarjima nazariyasi boʻlimiga rahbarlik qildi[2]. Habib Ahroriy 1983-yil 30-noyabr kuni Tojikiston SSR tarkibidagi Dushanbe shahrida vafot etadi.

Habib Ahroriy rus yozuvchisi Nikolay Gogolning „Tergovchi“ hamda „Oy tutilgan kecha“ nomli asarlarini tojik tiliga tarjima qilib, teatrda sahnalashtirishga oʻz hissasini qoʻshdi. 1985-yil chop etilgan yirik „Ruscha-tojikcha lugʻat“ni tuzish va tahrirlash jarayonlarida qatnashgan. Gʻarb yozuvchilar Onor de Balzak, Viktor Gryugo va Alfred de Muselarning asarlarini tojikchaga tarjima qilgan. Bolalar adabiyotidagi yirik asarlardan biri boʻlgan Jonatan Sviftning „Gulliverning sayohatlari“ asarini tojikchaga oʻgirishda boshchilik qilgan. Lev Tolstoyning „Urush va tinchlik“ asarini, Aleksandr Tolstoyning „Insonning bir qismi“ asarini, Fadeyevning „Yosh gvardiya“ va „Palto“ asarlarini tojik tiliga tarjima qilgan.

  • „1-darajali Vatan urushi“ ordeni
  • „2-darajali Vatan urushi“ ordeni
  • „Qizil Yulduz“ ordeni bilan 1998-yil taqdirlangan.
  • Tojikiston xalq yozuvchisi