Hacı Sûfi Burhâneddin Musa Bey
Hacı Sûfi Burhâneddin Musa Bey | |
---|---|
turkcha: Hacı Sûfi Burhâneddin Musa Bey' | |
Birinchi beklik davri | |
Saltanat | 1312-1332 |
Oʻtmishdoshi | Bedreddin Mahmud Bey |
Davomchisi | Bedreddin İbrahim Bey I |
Ikkinchi beklik davri | |
Saltanat | 1351-1356 |
Oʻtmishdoshi | Şemseddin Bey |
Davomchisi | Seyfeddin Süleyman Bey |
Tugʻilishi | ? |
Vafoti |
1356-yil Karaman |
Uy | Karamanoğulları |
Otasi | Bedreddin Mahmud Bey |
Dini | Sunni Islom |
Hacı Sûfi Burhâneddin Musa Bey (turkcha: Hacı Sûfi Burhâneddin Musa Bey) — Karamanoğulları bekligining asoschisi Kerimüddin Karaman Beyning nabirasi va Bedreddin Mahmud Beyning oʻgʻlidir. Ushbu beklik 1250-1487-yillar orasida Onadoʻlida hukm surgan boʻlib, XIV-XV asrlarda Onadoʻlida Usmonlilar imperiyasi bilan birga eng qudratli davlat hisoblangan.[1][2].
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dadasi Bedreddin Mahmud Bey 1312-yilda vafot etganidan soʻng, beklik taxtiga chiqqan Musa Bey dadasi kabi moʻgʻullarga qarshi kurashishni toʻxtatmadi. Ukasi Yaxshi Beyni sobiq Koʻniya sultonligi poytaxti Koʻniya shahriga voliy etib tayinladi. Bu moʻgʻullarning rejasiga toʻgʻri kelmas edi. Sababi ushbu shahar Onadoʻlidagi muhim siyosiy strategik shaharlardan biri hisoblanardi va moʻgʻullar Onadoʻlida oʻz kuchlarini zaiflashishini xohlamas edilar. Shu sababli moʻgʻullar Koʻniya shahri ustiga harbiy safar boshladilar. Musa Beyning ukasi Yaxshi Bey moʻgʻullar bilan boʻlgan jangda ogʻir magʻlubiyatga uchradi. Shundan soʻng, moʻgʻullar qoʻmondoni Emir Çoban Koʻniya shahrini bosib oldi va Musa beklikning eski sarhadlariga hukmdorlik qilishiga toʻgʻri keldi. Ammo beklik poytaxti Karaman Misr mamluklari tomonidan dastaklangan oʻz ukasi Bedreddin İbrahim Bey I tomonidan egallandi. Musa Bey bu hududlardan ketishga majbur boʻldi va Ermenek atroflariga joylashdi. Ibn Battuta maʼlumotlariga tayanilsa, 1332-yilda Musa Bey Ermenek atroflarida hali ham hukmdorlik qilganligi oshkor boʻladi.
1352-yilda beklik ogʻir kunlarni boshdan kechirayotgan bir vaqtda, Musa Bey beklikning barcha qismlarini oʻz hokimiyati ostida toʻpladi va 1356-yilga qadar hukmdorlik qildi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Humkdorlik unvoni | ||
---|---|---|
Oʻtmishdoshi: Bedreddin Mahmud Bey |
Karamanoğulları beki 1312-1332 |
Vorisi: Bedreddin İbrahim Bey I |
Humkdorlik unvoni | ||
---|---|---|
Oʻtmishdoshi: Şemseddin Bey |
Karamanoğulları beki 1351-1356 |
Vorisi: Seyfeddin Süleyman Bey |