Kontent qismiga oʻtish

Hadf

Koordinatalari: 24°47′41″N 56°0′40″E / 24.79472°N 56.01111°E / 24.79472; 56.01111
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hadf
Qishloq
24°47′41″N 56°0′40″E / 24.79472°N 56.01111°E / 24.79472; 56.01111
Mamlakat Ummon
Gubernatorlik Al-Buraymiy
Vaqt mintaqasi UTC+4
Hadf xaritada
Hadf
Hadf

Hadf – Ummon Sultonlgining shimoli-sharqiy qismida, al-Buraymiy gubernatorligida joylashgan qishloq[1]. Ushbu hudud chegaradosh Ajman amirligi tomonidan muayyan huquqlarga ega boʻlgan kondominium sifatida boshqariladi[2].

Arabiston yarim orolidagi kichik hudud, Ummonning bir qismi boʻlgan Hadf boshqaruvi bir vaqtlar Ajman amirligi hamda Maskat hukmdorligi ostida boʻlgan. Hadf zonasini belgilovchi shartnoma 1960-yil 26-aprelda Salalada Sulton Said ibn Taymur va 1960-yil 30-aprelda Ajmanda hukmdori Shayx Rashid ibn Humayd al-Nuaymiy tomonidan imzolangan. Hududda Ajman hukmdori va Maskat hukmronligi ostidagi shayxlarning birgalikdagi nazorati taʼminlangan edi. Bu esa Ajman hukmdoriga zakot (islom soligʻi) yigʻishni davom ettirish imkonini bergan. Biroq Ajman hukmdori mahalliy xalq, Banu Kaʼb (Banu Kaʼbning bir tarmogʻi) ishlariga aralashmasligi kerak edi, bu faqat Maskat hukmronligi ostida boʻlgan shayxlar zimmasida boʻlgan. Keyinchalik ushbu shartnoma bekor qilingan.

Toponimikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloqning muqobil nomlari[3]: Hadaf, Hadf, Hazf, Hadi, Ḩazf.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. National Geospatial-Intelligence Agency. GeoNames database entry. (search) Accessed 12 May 2011.
  2. „The Basement Geographer“. 2013-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-mart.
  3. Mindat.org – Ḩadaf