Kontent qismiga oʻtish

Hafiza Ortiqova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hafiza Toʻymurodovna Ortiqova
Tavalludi 24-dekabr 1976-yil (1976-12-24) (47 yosh)
Buxoro tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi biolog olim
Sohasi biologiya
Taʼlimi Buxoro davlat universiteti
Ilmiy darajasi biologiya fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Hafiza Toʻymurodovna Ortiqova (1976-yil 24-dekabr, Buxoro tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, biologiya fanlari doktori, professor.

Hafiza Ortiqova 1976-yil 24-dekabr Buxoro tumanida tugʻilgan. 1992—1997-yillarda Buxoro davlat universitetini tamomlagan. 1997—2001-yillarda Buxoro davlat universiteti oʻqituvchisi, 2001—2003-yillarda Buxoro davlat universiteti Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2006—2011-yillarda Kimyo-biologiya fakulteti oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari, 2011—2013-yillarda Kimyo-biologiya fanlar fakulteti dekani, 2013—2015-yillarda Tabiiy fanlar fakulteti dekani vazifasida ishlgan. 2019-yildan Agronomiya va biotexnologiya fakulteti dekani hamda agronomiya va tuproqshunoslik kafedrasi professori[1].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

100 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlar muallifi. 2005-yilda „Buxoro vohasi tuproqlarining sugʻorish taʼsirida oʻzgarishi“ mavzusida nomzodlik, 2019-yilda „Buxoro vohasi tuproqlarining evolyutsiyasi, ekologiyasi va tuproq unumdorligini oshirish“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[manba kerak].