Hait Homidov
Qiyofa
Homidov Hait — 1857-yili tug‘ilgan, Xargush qishloq soveti Qatag‘on qishlog‘idan, o‘zbek, diniy xizmatchi, 1930-yili banditchilik uchun 3 yilga qamalgan. Doimiy ravishda aksilinkddobiy, mag‘lubiyatchilik, isyonchilik targ‘ibot olib borganlikda, fevral oyida kolxoz temirchilik ustaxonasida, kolxozchilar ishtirokida yaqin orada sovet hokimiyati yo‘q bo‘ladi, uni bir burda non uchun kunu-tun ishlashga majbur qilinayotgan kolxozchilarni o‘zlari yo‘q qiladi deb aytganlikda, masjiddagi yig‘inda ham O‘zbekistonda musulmonobod yaratilishini targ‘ibot qilganlikda ayblangan.[1]