Kontent qismiga oʻtish

Hakan Çalhanoğlu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hakan Çalhanoğlu
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 8-fevral 1994-yil (1994-02-08) (30 yosh)
Tavallud joyi Mannheim, Germaniya
Boʻyi 1.78 m
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Inter Milan
Raqami 20
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1. FC Turanspor Mannheim
Polizei SV Mannheim
2001—2009 Waldhof Mannheim
2009—2011 Karlsruher SC II
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2013 Karlsruher SC 50 (17)
2013—2014 Hamburger SV 32 (11)
2014—2017 Bayer Leverkusen 79 (17)
2017—2021 AC Milan 135 (22)
2021 Inter Milan 34 (7)
Milliy terma jamoa
2010 Turkiya U16 6 (1)
2010—2011 Turkiya U17 11 (1)
2011—2013 Turkiya U19 15 (5)
2012—2013 Turkiya U20 9 (1)
2012—2014 Turkiya U21 2 (0)
2013 Turkiya 72 (16)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(22-may uchun)

Hakan Çalhanoğlu (talaffuzi: Hakan Chalhanog'lu) (1994-yil 8-fevralda tugʻilgan) – turkiyalik professional futbolchi, A seriyada „Inter“ klubi va oʻzi sardorlik qiladigan Turkiya milliy terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. U jarima zarbalari bilan tanilgan.

U oʻz faoliyatini 2010-yilda Germaniyaning ikkinchi divizioni „Karlsruher SC“ klubida boshlagan va ikki yildan soʻng yuqori darajadagi „Hamburg“ga oʻtgan va yana bir mavsumni ijara asosida oʻzining birinchi klubida oʻtkazgan. U 2014-yilda 14,5 million yevro evaziga Bayer Leverkuzenga transfer boʻlgan. U yerda uch mavsum oʻynagan, 115 ta rasmiy oʻyinda jami 28 ta gol urgan. 2017-yilda u „Milan“ ga 20 million yevro evaziga transfer qilingan.

Germaniyada tugʻilgan Hakan Çalhanoğlu 16 yoshdan boshlab Turkiyani xalqaro miqyosda himoya qilishni tanlagan. U 2013-yilda oʻzining debyutini oʻtkazgan va UEFA Yevro-2016 va Yevro-2020da asosiy tarkibga kiritilgan.

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karlsruher SC

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baden-Vyurtembergning Mannheim shahrida tugʻilgan Çalhanoğlu oʻz faoliyatini Karlsruher SCda boshlagan. U 2012-yil yozgi transfer oynasida Hamburger SV bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagan va yana bir mavsumga Karlsruher SCga ijaraga berilgan[1]. Oʻsha mavsumda ijara asosida u jamoaga uchinchi divizionda gʻalaba qozonishiga va ikkinchi darajaga qaytishiga yordam bergan.

Çalhanoğlu Hamburg va Bundesligada debyutini 2013-yilning 11-avgustida oʻtkazgan, jamoa mavsumni safarda "Schalke 04" bilan 3:3 hisobida durang bilan boshlagan. U oʻyinni asosiy tarkibda boshlagan va 74 daqiqada uning oʻrniga Dennis Aogo tushgan[2]. U klubdagi ilk gollarini 31-avgust kuni Braunshveygning "Ayntraxt "iga qarshi oʻyinda (4:0) kiritgan. Oʻsha oʻyinda Çalhanoğlu dubl qayd etgan[3].

2014-yilning 5-fevralida Çalhanoğlu Hamburg bilan shartnomasini ikki yilga uzaytirib, klubda 2018-yilgacha qolgan[4]. 20-fevral kuni u „Borussiya Dortmund“ ga qarshi oʻyinda 3:0 hisobida gʻalaba qozongan. U 22-mart kuni VfB Stuttgartdan 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchragan uchrashuvning 53-daqiqasida ikkinchi marta sariq kartochka tufayli faoliyatida ilk bor qizil kartochkani olgan[5].

Hamburgdagi oʻzining toʻliq mavsumida jamoa 16-oʻrinni egallagan va Greuther Fürthga qarshi pley-offda mehmonda gʻalaba qozongan[6].

Bayer Leverkusen

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Çalhanoğlu 2014-yil iyul oyida oʻrtoqlik oʻyini oldidan Leverkusen bilan.

Hamburg dastlab Çalhanoğluni boshqa nemis jamoalariga sotishni istamagan[7]. 2014-yilning 4-iyulida u Hamburgni tark etib, ligadagi raqibi Bayer Leverkusenga 14,5 million yevro evaziga besh yillik shartnoma asosida qoʻshilgan[8][9].

U 19-iyun kuni UEFA Chempionlar Ligasi saralash pley-offining birinchi oʻyinida Kopengagenda 3:2 hisobida gʻalaba qozongan holda klub uchun debyut qilgan[10]. Toʻrt kundan soʻng, u oʻzining yangi klubi uchun birinchi liga oʻyinini oʻtkazgan, yangi mavsumning ochilish kunida Dortmundning „Borussiya“ klubi mehmoni boʻlib 2:0 hisobida gʻalaba qozonishgan[11]. 27-avgust kuni u oʻzining birinchi golini urgan oʻshanda Yevropa ligasi pley-offining javob oʻyinida 4:0 hisobida gʻalaba qozongan holda jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qilgan[12]. U 12-sentyabr kuni klub uchun birinchi liga golini „Werder“ga qarshi oʻyinda kiritgan. Çalhanoğlu 2014-yil oktyabr oyida Golden Boy mukofotiga nomzod boʻlgan[13].

Çalhanoğlu 2015-yilda Leverkusen tarkibida

2015-yilning 25-fevralida u Chempionlar ligasining 1/16 final birinchi oʻyinida Leverkusenliklar Atletiko Madridni magʻlubiyatga uchratganida yagona golni urgan[14]. Biroq, uch hafta oʻtgach, ikkinchi oʻyinda u penaltilar seriyasida birinchi zarbani bergan va uni Yan Oblak qaytargan, oʻyinda Atletiko gʻalaba qozongan[15]. 2-may kuni Çalhanoğlu oʻz maydonida "Bavariya" magʻlubiyatga uchratilganda gol muallifiga aylangan[16].

U klubdagi ikkinchi mavsumini 8-avgust kuni DFB-Pokal birinchi davrasida toʻrtinchi toifadagi Sportfreunde Lotte bilan oʻyinda 3:0 hisobidagi gʻalabada penaltidan gol urish orqali boshlagan[17]. Ikki hafta oʻtgach, jarima zarbasi bilan u Hannover 96 darvozasiga jamoasiga gʻalaba keltirgan golni kirtigan[18]. 26-avgust kuni u "Latsio" ustidan 3:0 hisobidagi gʻalabada birinchi golni urgan[19]. Guruh bosqichining birinchi oʻyinida Çalhanoğlu BATE Borisov uy stadionida 4:1 hisobida jamoasining ikkita goliga mualliflik qilgan[20].

U oʻzining 2016/17-yilgi mavsumdagi gollari hisobini 14-sentyabr kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichida Moskvaning CSKAga qarshi oʻyinida (2:2) ochgan – bu uning katta klub faoliyatidagi 50-goli boʻlgan[21].

2017-yilning 2-fevralida Çalhanoğlu „Karlsruher“dagi faoliyati bilan bogʻliq shartnomani buzgani uchun FIFA tomonidan toʻrt oyga diskvalifikatsiya qilingan. U 2011-yilda Turkiyaning „Trabzonspor“ klubi bilan shartnoma imzolashga rozi boʻlgach, 100 000 yevro olgan, ammo keyinroq Karslruher bilan shartnomasini uzaytirgan. „Trabzonspor“ dastlab toʻlangan 100 000 yevroni hamda 1 million yevro tovon pulini qaytarishni soʻragan edi, ammo FIFA 100 000 yevro va toʻrt oylik diskvalifikatsiya yetarli deb qaror qilgan[22].

2017-yilning 3-iyulida Çalhanoğlu A Seriya klubi "Milan" bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagan[23]. Transfer puli dastlabki 20 million yevrodan, 24 million yevroga koʻtarilgani xabar qilingan[24]. Unga klubning nufuzli 10-raqamli libosi berilgan, bunga avvalroq Janni Rivera, Ruud Gullit, Deyan Savichevich, Zvonimir Boban, Rui Kosta va Klarens Zeedorflar loyiq koʻrilgan[25].

U bir oy oʻtgach, Yevropa ligasi uchinchi saralash bosqichining ikkinchi oʻyinida „Milan“ safida debyut qilgan va San-Siroda „Universitatea Craiova“ ustidan 2:0 (jami 3:0) hisobidagi gʻalabaning soʻnggi 25 daqiqasida Susoning oʻrniga maydonga tushgan[26]. U „Milan“ safidagi ilk golini 14-sentyabr kuni guruh bosqichida Avstriya -Venaga qarshi safarda 5:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda kiritgan va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan[27]. 20-avgust kuni Çalhanoğlu ligadagi debyutini oʻtkazgan va 90 daqiqa davomida harakat qilib „Krotone“ni 3:0 hisobida magʻlub etishda jamoasiga yordam bergan[28]. U 1-oktyabr kuni „Roma“ga qarshi oʻyinda (2:0) maydondan chetlatilgan[29]. Çalhanoğlu oʻzining birinchi ligadagi golini 25-oktyabr kuni „Kyevo“da 4:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda urgan va 2003-yilda Emre Belozogʻludan keyin A Seriyada gol urgan birinchi turk futbolchisi boʻlgan[30].

2021-yilning 22-iyunida Çalhanoğlu A Seriyadagi avvalgi klubiga raqib boʻlgan „Inter“ klubi bilan bepul transfer boʻyicha uch yillik shartnoma imzolagan[31].

Çalhanoğlu „Inter“dagi debyut uchrashuvida, A Seriyaning 2021/2022-yilgi mavsumining ochilish kunida „Genoa“ ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonganida gol urgan va golga assistentlik qilgan[32]. U ligada yettita gol urgan va oʻn ikkita golli uzatmani amalga oshirgan. "Juventus"ga qarshi Italiya kubogining soʻnggi daqiqalarida gol urib jamoasiga keyingi bosqichga chiqishga yordam bergan, ammo uning sobiq jamoasi „Milan“ chempionlikni qoʻlga kiritgan.

Xalqaro faoliyat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Germaniyada tugʻilgan Çalhanoğlu Turkiya terma jamoasida oʻynashni afzal koʻrgan va oilasining kelib chiqishi Trabzonda boʻlgan[1]. U mamlakat uchun yoshlar oʻrtasidagi xalqaro miqyosda, jumladan, 2013-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida qatnashgan[1].

Chalhanogʻlu 2016-yilda Turkiya tarkibida

2013-yilning 6-sentyabrida Kayserida boʻlib oʻtgan Jahon chempionati saralashida Fatih Terim bosh murabbiyligidagi ilk oʻyin Andorraga qarshi kechgan. U Turkiya 5:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinning soʻnggi sakkiz daqiqasida Goʻkhan Toʻrening oʻrniga maydonga tushgan[33]. U 2014-yilning 25-may kuni Dublindagi Aviva stadionida Irlandiya Respublikasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, 61-daqiqadan soʻng Olcan Adinga almashtirilgan[34].

2015-yil 31-mart kuni Çalhanoğlu oʻzining ilk xalqaro golini Lyuksemburgga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (2:1) kiritgan[35]. U 8-iyun kuni Bolgariya bilan oʻrtoqlik oʻyinida (4:0) yana ikkita gol urgan. Uning birinchi rasmiy oʻyindagi goli 10-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan UEFA Yevro-2016 saralash bosqichida Chexiyaga qarshi oʻyinda kiritilgan. Oʻshanda Turkiya mehmonda 2:0 hisobida gʻalaba qozongan[36].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Çalhanoğlu 2017-yilda Mannheimda bolalikdagi sevgilisi Sinem Gyundogʻdu bilan oila qurgan[37]. Juftlikning 2019-yil mart oyida Mannxeimda qizi Liyani tugʻilgan[38][39].

Hakanning ukasi Muhammad ham professional futbolchi[40]. Kichik Çalhanoğlu ham Waldhof Mannheim va Karlsruher SCda tahsil olgan. Avstriya va Turkiya futbolining quyi divizionlarida oʻynashni davom ettirmoqda[41].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Yevropa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Karlsruher SC 2011—2012 2. Bundesliga 14 0 2 0 16 0
2012—2013 3. Liga 36 17 3 0 39 17
Jami 50 17 3 0 0 0 2 0 55 17
Hamburger SV 2013—2014 Bundesliga 32 11 4 0 2 0 38 11
Bayer Leverkusen 2014—2015 Bundesliga 33 8 4 2 10 3 47 13
2015—2016 Bundesliga 31 3 3 1 12 4 46 8
2016—2017 Bundesliga 15 6 1 0 6 1 22 7
Jami 79 17 8 3 28 8 0 0 115 28
Milan 2017—2018 A Seriya 31 6 4 0 10 2 45 8
2018—2019 A Seriya 36 3 4 0 5 1 1 0 46 4
2019—2020 A Seriya 35 9 3 2 38 11
2020—2021 A Seriya 33 4 1 0 9 5 43 9
Jami 135 22 12 2 24 8 1 0 172 32
Inter Milan 2021—2022 A Seriya 34 7 5 1 6 0 1 0 46 8
Karyerada jami 330 74 31 6 58 16 6 0 425 96
Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Turkiya 2013 1 0
2014 4 0
2015 10 4
2016 11 4
2017 5 0
2018 7 1
2019 9 1
2020 5 1
2021 14 3
2022 6 2
Jami 72 16

Karlsruher SC

  • 3. Liga : 2012—2013

Inter Milan

  • Italiya kubogi : 2021—2022[42]
  • Italiya Superkubogi : 2021

Shaxsiy yutuqlar

  • 3. Liga Mavsumning eng yaxshi futbolchisi: 2012—2013
  • A Seriyada oyning eng yaxshi futbolchisi : 2020-yil dekabr[43]
  1. 1,0 1,1 1,2 „Calhanoglu: A great opportunity“. FIFA (27-fevral 2013-yil). 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-iyun 2013-yil.
  2. „Schalke make point“. Sky Sports (11-avgust 2013-yil). Qaraldi: 16-aprel 2015-yil.
  3. „No problems for Hamburg“. Sky Sports (31-avgust 2013-yil). Qaraldi: 6-mart 2015-yil.
  4. „Calhanoglu pens new Hamburg contract“. Four Four Two (5-fevral 2014-yil). Qaraldi: 6-mart 2015-yil.
  5. „Take it to the Maxim“. Sky Sports (22-mart 2014-yil). Qaraldi: 6-mart 2015-yil.
  6. Raish, Dave. „Hamburg secure Bundesliga survival over Greuther Fürth in relegation play-off“. Deutsche Welle (18-may 2014-yil). Qaraldi: 6-mart 2015-yil.
  7. Uersfeld. „Hakan Calhanoglu in Leverkusen move“. ESPN FC (4-iyul 2014-yil). Qaraldi: 29-avgust 2015-yil.
  8. „Leverkusen complete Calhanoglu deal“. Four Four Two (4-iyul 2014-yil). Qaraldi: 6-mart 2015-yil.
  9. „Advantage Leverkusen as classy Calhanoglu cements status as rising star“. Goal.com (26-fevral 2015-yil). Qaraldi: 6-mart 2015-yil.
  10. „Leverkusen edge København in first-leg thriller“. UEFA (19-avgust 2014-yil). Qaraldi: 6-mart 2015-yil.
  11. „Borussia Dortmund 0–2 Bayer Leverkusen: BVB rocked by record-breaker Bellarabi“. Goal.com (23-avgust 2014-yil). Qaraldi: 6-mart 2015-yil.
  12. „Leverkusen coast through at FCK's expense“. UEFA (27-avgust 2014-yil). Qaraldi: 6-mart 2015-yil.
  13. Richards, Alex. „England pair Raheem Sterling and Calum Chambers join Adnan Januzaj in Golden Boy award nominations“. Daily Mirror (28-oktyabr 2014-yil). Qaraldi: 28-oktyabr 2014-yil.
  14. Raynor. „Bayer Leverkusen 1–0 Atletico Madrid“. BBC Sport (25-fevral 2015-yil). Qaraldi: 26-fevral 2015-yil.
  15. Smith. „Atlético Madrid 1–0 Bayer 04 Leverkusen“. BBC Sport (17-mart 2015-yil). Qaraldi: 18-mart 2015-yil.
  16. „Bayer Leverkusen 2–0 Bayern Munich“. BBC Sport (2-may 2015-yil). Qaraldi: 3-may 2015-yil.
  17. „Wolfsburg, Leverkusen, Schalke all win DFB-Pokal openers; Hoffenheim lose“. ESPN FC (8-avgust 2015-yil). Qaraldi: 8-avgust 2015-yil.
  18. „Freistoß-König Calhanoglu lsst Leverkusen jubeln!“ (olmoncha). Bild (22-oktyabr 2015-yil). 2016-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-oktyabr 2015-yil.
  19. „Champions League roundup: Bayer Leverkusen ease past Lazio“. The Guardian (27-avgust 2015-yil). Qaraldi: 27-avgust 2015-yil.
  20. „Bayer Leverkusen 4–1 BATE Borisov: Big win for Bundesliga side“. Sky Sports (16-sentabr 2015-yil). Qaraldi: 24-oktyabr 2015-yil.
  21. „Dzagoev fires CSKA Moscow rally in draw with Bayer Leverkusen“. ESPN FC (14-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 23-sentabr 2016-yil.
  22. „Bayer Leverkusen midfielder Hakan Calhanoglu to serve four-month ban from FIFA“. ESPN (2-fevral 2017-yil). Qaraldi: 2-fevral 2017-yil.
  23. A.C. Milan (3-iyul 2017-yil). „Official: Calhanoglu is now red and black“. Press-reliz. Qaraldi: 3-iyul 2017-yil.
  24. „AC Milan sign Hakan Calhanoglu from Bayer Leverkusen“. ESPN (3-iyul 2017-yil). Qaraldi: 7-sentabr 2017-yil.
  25. Joshi, Vishal. „Milan Issue Latest Recruits Shirt Numbers as Calhanoglu, Bonucci, Silva & Rodrigues Learn Their Fate“. 90 Min (12-avgust 2017-yil). 2023-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-sentabr 2017-yil.
  26. „AC Milan 2 CSU Craiova 0 (3–0 agg): Cutrone's first goal seals Europa League progress“. FourFourTwo (3-avgust 2017-yil). Qaraldi: 7-sentabr 2017-yil.
  27. „Austria Vienna 1–5 AC Milan“. BBC Sport (14-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 10-oktyabr 2017-yil.
  28. „Patrick Cutrone catches the eye as AC Milan start with convincing win at Crotone“. ESPN FC. PA Sport (21-avgust 2017-yil). Qaraldi: 10-oktyabr 2017-yil.
  29. „AC Milan 0 Roma 2: Dzeko, Florenzi pounce to leave Montella in trouble“. FourFourTwo (1-oktyabr 2017-yil). Qaraldi: 10-oktyabr 2017-yil.
  30. „Suso stars in Milan win over Chievo to ease pressure in Montella“. beIN Sports (25-oktyabr 2017-yil). Qaraldi: 25-oktyabr 2017-yil.
  31. Barker. „Calhanoglu, Atlético's ʻalternative’, leaves Milan for Inter“ (inglizcha). Sports Finding (22-iyun 2021-yil). Qaraldi: 22-iyun 2021-yil.
  32. „Hakan Calhanoglu scores rocket and bags an assist 15 minutes into Inter debut vs Genoa“. Give Me Sport (21-avgust 2021-yil). Qaraldi: 25-avgust 2021-yil.
  33. „Terim enjoys Turkey return against Andorra“. UEFA (6-sentabr 2013-yil). Qaraldi: 6-mart 2015-yil.
  34. „Match Report – Republic of Ireland 1–2 Turkey“. Sky Sports (26-may 2014-yil). Qaraldi: 6-mart 2015-yil.
  35. „International Friendly: Luxembourg 1 Turkey 2“. Four Four Two (31-mart 2015-yil). Qaraldi: 31-mart 2015-yil.
  36. Raiman, Vojtěch. „Turkey crash Czech party to reclaim third place“. UEFA (10-oktyabr 2015-yil). Qaraldi: 11-oktyabr 2015-yil.
  37. „Milli futbolcu Hakan Çalhanoğlu evlendi“ (Tr). NTV (Turkey) (23-aprel 2017-yil). 24-oktyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-oktyabr 2020-yil.
  38. „Hakan Çalhanoğlu baba oldu“ (Tr). Hürriyet (6-mart 2019-yil). 24-oktyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-oktyabr 2020-yil.
  39. „Hakan Çalhanoğlu baba oldu“ (Tr). NTV (Turkey). Demirören News Agency (6-mart 2019-yil). Qaraldi: 24-oktyabr 2020-yil.
  40. „Çalhanoğlu Karagümrük'te“ (turkcha). amatorlig.net (8-avgust 2017-yil). Qaraldi: 9-avgust 2017-yil.
  41. „Hakan Çalhanoğlu'nun kardeşi Muhammed Çalhanoğlu, Gümüşhanespor'da“ (turkcha). Haber Turk (27-iyul 2016-yil). Qaraldi: 10-oktyabr 2017-yil.
  42. „Juventus 2-4 Inter: Ivan Persic strikes twice in extra time as Inter win Coppa Italia in thrilling Derby d'Italia final“. Eurosport (12-may 2022-yil). Qaraldi: 20-iyul 2022-yil.
  43. „Hakan Çalhanoğlu MVP of December“. Serie A (5-yanvar 2021-yil). 5-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-yanvar 2021-yil.