Hakimxo‘ja Abbosxo‘jayev
Abbosxo‘jayev Hakimxo‘ja — 3318-sonli ish bo‘yicha otuvga hukm qilingan. 1889-yili tug‘ilgan, Namangan shahridan, “Milliy it- tihod” aksilinqilobiy tashkilotining faol a’zosi, hibsga olingunga qadar rayon matlubot jamiyati huzuridagi sut zavodida instruktor. Avvaldan sovet hokimiyatiga qarshi dushmanlik kayfiyatda bo‘lib aholi orasida targ‘ibot olib borib hukumatning xo-tin-qizlarni ozod qilish tadbirlariga qarshilik ko‘rsatishga da’vat etganlikda, Oliy Sovetga saylovlar to‘g‘risida aksilinqilobiy, millatchilik tuhmatlar tarqatganlikda, yashirin ovoz berish o‘zbeklarga qarshi kurashdir, deb aytganliqda ayblangan.Xilkov Viniamin Alekseyevich — 3321-sonli ish bo‘yicha otuvga hukm qilingan, 1898 yili tug‘ilgan, Kuybishev o‘lkasi Suxaya-Vya-zovka qishlog‘idan, hibsga olingunga qadar o‘qchi ovchilik komitetida hisobchi bo‘lib ishlagan. Sovet hokimiyatiga dushman kayfiyatda bo‘lib partiya va hukumatning barcha tad- birlariga qarshi antisovet targ‘ibot olib borganlikda, partiya va xalqlar dohiysiga qarshi terrorchilik kayfiyat bildirganlikda, sovet hokimiyati mustahkam emasligi uchun har qanday yon berishlarga boryapti deb xalq dushmani Tuxachevskiyga hamdardlik bildirganlikda ayblangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 81-bet. ISBN 978-9943-00-240-1.