Kontent qismiga oʻtish

Halima Ahmedova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Halima Ahmedova
Tavalludi 1-oktyabr 1960-yil (1960-10-01) (64 yosh)
Poʻlot qishlogʻi, Qiziltepa tumani Buxoro (hozirgi Navoiy viloyati, Oʻzbekiston
Fuqaroligi  UZB
Millati Oʻzbek
Sohasi shoira, publitsist, jurnalist
Mashhur ishlari „Nigoh qiblasi“
„Yosuman gulining soyasi“
„Tashbeh“

Halima Ahmedova — shoira, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, koʻplab sheʼriy kitoblar muallifi[1].

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Halima Ahmedova — 1960-yil 1-oktyabrda Buxoro viloyati (hozirgi Navoiy viloyati)ning Qiziltepa tumani Poʻloti qishlogʻida tugʻilgan. Maktabni tugatib, 1978–1983-yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning filologiya fakultetida, 1988–1991-yillarda Moskvadagi Oliy adabiyot kursida tahsil olgan[2].

Mehnat faoliyatini dastlab oʻqituvchilikdan boshlab, Navoiy shahar pedagogika bilim yurtida dars bergan. Jurnalistikaga boʻlgan mehri uni „Do‘stlik bayrog‘i“ gazetasiga yetaklaydi. 1984–1985-yillarda gazeta tahririyatida, 1986–1988-yillari G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir vazifasida faoliyat yuritgan.

1988–1990-yillari Moskvadagi Oliy adabiyot kursida tahsil olgan. 1990–1991-yillari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi adabiyot jamg‘armasida, 1994–1998-yillari „Tong yulduzi“ gazetasida ishlagan. 1998-yildan O‘zbekiston radiosida muharrir lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda[3].

Shoiraning ilk kitobi 1986-yili „Koʻzimning tili“ nomi bilan chop etilgan. Keyinchalik quyidagi kitoblarni nashrdan chiqargan:

  • 1987-yili „Tungi marvaridgullar“;
  • 1996-yili „Erk darchasi“;
  • 2005-yili „Tiyramoh“;
  • 2007-yili „Afsun“;
  • 2008-yili „Umid soyasi“;
  • 2011-yili „Nigoh qiblasi“;
  • 2012-yili „Shafaq ibodati“;
  • 2013-yili „Yosuman gulining soyasi“;
  • 2016-yili „Yashil“, „Tashbeh“ singari kitoblari nashr etilgan.

Halima Ahmedova Londonda oʻtkazilgan „Markaziy Osiyo kitob forumi va adabiyoti festivali“ning „Adabiy asar“ nominatsiyasidagi mukofotiga sazovor boʻlgan.