Halima Xudoyberdiyeva
Halima Xudoyberdiyeva | |
---|---|
Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi raisi | |
Mansab davri 1991-yil – 1994-yil | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | lavozim ta'sis etilgan |
Vorisi | ? |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
17-may 1947-yil Sirdaryo |
Vafoti |
17-avgust 2018-yil (71 yoshda) Toshkent |
Mukofotlari |
Halima Xudoyberdiyeva (1947-yil 17-may, Boyovut, Sirdaryo viloyati — 2018-yil, Toshkent, Oʻzbekiston) — Oʻzbekiston xalq shoiri, Hurmat belgisi va El-yurt hurmati ordeni sohibasi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Mehnat faoliyatini „Saodat“ jurnalida boʻlim boshligʻiligidan boshlagan (1972). Talabalik yillarida „Ilk muhabbat“ (1968) sheʼriy toʻplami chop etildi. Shoiraning „Oq olmalar“ (1973), „Chaman“ (1974) toʻplamlari izma-iz bosildi. Halima birdan oʻziga xos shoira sifatida tanildi. 1975—1977-yillarda Moskvadagi Adabiyot institutining Oliy Adabiyot kursida oʻqidi. Shu yillarda shoiraning „Beliye yabloki“ (Sovetskiy pisatel, 1977), „Suyanch togʻlarim“ (1976), „Bobo quyosh“ (1977) toʻplamlari bosildi. „Yosh gvardiya“ nashriyotida boʻlim boshligʻi (1978—1982), „Saodat“ jurnalida muharrir oʻrinbosari, 1984—1994-yillarda „Saodat“ning bosh muharriri, 1991—1994-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi xotin-qizlar qoʻmitasi raisi boʻldi. Shoira sheʼrlarida oddiy dehqonlar, ona-yurt harorat bilan kuylandi. Mustaqillik yillarida Halima Xudoyberdiyeva xalq tarixi, mashhur ajdodlar haqida yozdi. „Muqaddas ayol“ (1987), „Bu kunlarga yetganlar bor“ (1993), „Toʻmarisning aytgani“ (1996), „Saylanma“ (2000) shoiraning muhim asarlaridir.[1]
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xudoyberdiyevaning ilk sheʼrlari oʻquvchilik yillarida Yangiyer tuman gazetada bosilgan (1964). Shundan keyin uning „Ilk muhabbat“ (1968), „Oq olmalar“ (1973), „Chaman“ (1974), „Suyanch togʻlarim“ (1976), „Bobo quyosh“ (1977), „Issiqqor“ (1979), „Sadoqat“ (1983), „Muqaddas ayol“ (1987), „Bu kunlarga yetganlar bor“, „Hurlik oʻti“ (1993), „Toʻmarisning aytgani“ (1996) „Yoʻldadirman“ (2005) va boshqa sheʼriy kitoblari nashr etilgan. X. oʻzbek sheʼriyatiga samimiy insoniy tuygʻu va fazilatlar — sevgi va sadoqat, mexr va muruvvatni tarannum etuvchi shoira, oʻzbek xotinqizlari orzu va armonlarining kuychisi sifatida kirib keldi. U dastlabki sheʼriy toʻplamlaridan boshlab oʻz ijodida ayol va ona obrazlarining sexrli qirralarini ochishga, ularning nafaqat jamiyatning toʻlaqonli va faol aʼzolari, balki shu jamiyatning kurki va bezagi ekanligini uqtirishga intildi. Uning tasviridagi ayol har qanday xalq va mamlakatning kelajagi — sogʻlom va barkamol yoshlarni yetkazib beruvchi moʻʼjizaviy kuchdir. X. ayni shu nuqtai nazardan oʻzbek ayollarining oʻyxayollarini, ichki kechinmalarini yorqin tasvirlaydi, zamondoshlarida ayollarga nisbatan xurmat va muhabbat tuygʻularini oʻstirishga intiladi. Xudoyberdiyevaning sheʼrlari koʻplab xorijiy tillarga tarjima qilingan. Toʻfon Minnullinning „Alla“ pyesasi Xudoyberdiyevaning avtorlashtirilgan tarjimasida hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama teatri sahnasida qoʻyilgan. Taniqli shoira Halima Xudoyberdiyeva 17-avgust 2018-yilda vafot etgan. 1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1990).[2][3][4][5]
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bu kunlarga yetganlar bor. Toshkent, Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1993.
- Toʻmarisning aytgani. Toshkent, „Sharq“, 1996.
- Saylanma. Toshkent, „Sharq“, 2000.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Turmush oʻrtogʻi — Mavlon Umrzoqov, jurnalist. 1991-1994-yillarda Oʻzbekiston Prezidentining kadrlar boʻyicha davlat maslahatchisi boʻlgan.[6] 1994-yilda poraxoʻrlikda ayblanib, qamalib ketgan. 2017-yilda oqlangan.
Unvon va mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti (1990)[7]
- „Oʻzbekiston xalq shoiri“ (1992)
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni (2021-yil)[8]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Oʻzbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva 71 yoshida vafot etdi“ (18-avgust 2018-yil).
- ↑ Abdulla Oripov. Jonfidolik (H. Xudoyberdiyevaning „Saylanma“siga soʻzboshi)
- ↑ Abdugʻafur Rasulov. Halima Xudoyberdiyeva. Kitob: Oʻzbekiston Yoshlari mukofoti laureatlari. Toshkent, „Yosh gvardiya“, 1977, 140—146 betlar.
- ↑ Robiya Rajabova. „Men Turonning qadim qoʻngʻirogʻi…“. „Guliston“ jurnali, 1997, 5-son.
- ↑ Rahimjonov N., Hamidova M ., Halima Xudoyberdiyeva lirikasi, T., 2004.
- ↑ https://centrasia.org/person2.php?st=1013880766
- ↑ „Совриндорлар тилаги: Ҳамза номидаги давлат мукофоти лауреатлари“ (uz). Sovet Oʻzbekistoni (1991-yil 1-yanvar), s. 4.
- ↑ „O‘zbek adabiyoti va san'atining marhum fidoyilari mukofotlandi“. kun.uz. Qaraldi: 6-avgust 2024-yil.
- 17-mayda tugʻilganlar
- 1947-yilda tugʻilganlar
- Sirdaryoda tugʻilganlar
- 17-avgustda vafot etganlar
- 2018-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- El-yurt hurmati ordeni sohiblari
- Oʻzbekistonlik yozuvchilar
- Oʻzbekiston xalq shoirlari
- Oʻzbekistonlik shoiralar
- Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureatlari
- Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari