Kontent qismiga oʻtish

Hamasa

Koordinatalari: 24°14′0″N 55°46′0″E / 24.23333°N 55.76667°E / 24.23333; 55.76667
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Hamasa

حَمَاسَة
Shahar
24°14′0″N 55°46′0″E / 24.23333°N 55.76667°E / 24.23333; 55.76667
Mamlakat Ummon
Gubernatorlik Al-Buraymiy gubernatorligi
Vaqt mintaqasi UTC+4
Hamasa xaritada
Hamasa
Hamasa

Hamasa (arabcha: حَمَاسَة) – Ummon Sultonligining Buraymi hududidagi, Ummon-Birlashgan Arab Amirliklari chegarasida joylashgan hudud[1]. Hamasa shahri 200 yil davomida Buraymi tumanining poytaxti hisoblangan.

Tavam yoki Al-Buraymiy vohasining bir qismi boʻlgan Hamasaning tarixi ming yillarga borib taqaladi. 2015-yilda Sulton Qobus universiteti, Ummon meros va madaniyat vazirligi va Zayd universiteti tomonidan olib borilgan arxeologik tadqiqotlarning markazi ham aynan Hamasa shahri boʻlgan. Tadqiqotchi Wilfred Thesiger 1940-yillarda shaharga tashrif buyurgan chogʻida bu yerda qul savdosi bilan shugʻullanilgani haqida maʼlumot bergan[1].

Al-Kandaq qal’asi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Kandaq qal’asi Hamasada joylashgan qadimiy qal’a boʻlib, uning islomdan oldingi davrda qurilganiga ishoniladi. Qal’a 1994-yildan hukumat himoyasiga olingan boʻlib, mahalliy turistik diqqatga sazovor joylardan biridir. Al-Kandaq qal’asi Al-Buraymiyni Al-Ayn bilan bogʻlovchi Hamasa chegara oʻtish stansiyasidan atigi 755 m uzoqlikda joylashgan.

Buraymiy bahsidagi roli

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1952-yil 31-avgustda Hamasa shahri Saudiya Arabistonining Buraymiyni mamlakatning sharqiy viloyati deb eʼtirof etishga urinishlari doirasida Saudiya Arabistoni amiri Turki ibn Abdulloh al-Otaishan boshchiligidagi 80 nafar saudiyalik soqchilar tomonidan ishgʻol qilingan. Inglizlar dastlab bu holatga diplomatiya va rasmiyatchilik bilan javob beradilar va 1952-yilning oktyabr oyida Jenevada boʻlib oʻtadigan muzokaralar davomida ushbu masalani vaqtinchalik toʻxtatib turishga kelishadilar. Keyinchalik 1955-yilda Jenevada boʻlib oʻtgan sud jarayonida britaniyalik arbitr ser Reader Bullard Saudiya Arabistonining tribunalga taʼsir oʻtkazish uchun qilgan urinishlariga eʼtiroz bildiradi, sudga hakamlik qiluvchi ikki sudyadan biri isteʼfoga chiqadi, ikkinchisi esa Belgiya prezidenti boʻlganidan keyin ishdan ketadi.

Bitimning bunday buzilishini hisobga olgan holda, Britaniya hukumati 1955-yil 25-oktyabrda toʻxtash shartnomasini bir tomonlama bekor qilishga va vohani oʻz tarkibiga olishga qaror qiladi.

25-oktyabr kuni Trucial Ummon Levies tezda vohani egallab oladi va Saudiya amiri Bin Nami qoʻl ostidagi Saudiya Arabistonining barcha oʻn beshta kontingentini qoʻlga oladi.

Keyichalik britaniyaliklar Buraymiy tarkibiga kiruvchi hududni boʻlishga, jumladan, Naim va al-Bu Shams qoʻl ostidagi Buraymiy va Hamasani Ummon tarkibiga, Shayx Zayd qoʻl ostidagi al-Ayn qishlogʻini Abu Dabi tarkibiga qoʻshishga qaror qiladi.

Uzoq yillar davom etgan ushbu mojaro 1974-yilda Shayx Zayd ibn Sulton al-Nahayon (oʻsha paytda BAA prezidenti) va Faysal ibn Abdulaziz as-Saud oʻrtasidagi Jidda shartnomasi deb nomlanuvchi kelishuv bilan hal etiladi.

  1. 1,0 1,1 Leech, Nick. „The long read: has a lost Arab capital been found on the Oman-UAE border?“. The National (2015-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 20-yanvar.