Kontent qismiga oʻtish

Hamavaron

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Hamavaron — ilk oʻrta asrlarda Oxarun viloyatining markazi (6—10-asr). G.A.Pugachenkovannnt fikricha, xi-toy manbalarida (Syuan Szan) uch-raydigan xoru-mo mulki H. shahri bilan aynan boʻlgan va u hozirgi Shahrinav shahar xarobasi oʻrnida joylashgan. 9— 10-asrlarda H. shahri savdo markazi boʻlib, unda konchilar va metallurglar oʻz mahsulotlarini shaharga kelgan karvonlardagi savdogarlarga sotishgan. 10-asrda konchilar va metallurglar manzilgohlarida hayot soʻnganligi bois shahar oʻz ahamiyatini yoʻqotgan. H. qoraxoniylar davrida Qoratogʻ deb nomlangan.