Hamid Inoyatov
Qiyofa
Hamid Sharopovich Inoyatov (1919-yil 29-dekabr, Buxoro — 1987-yil 5-may, Toshkent) — tarixchi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973). Tarix fanlari doktori (1958), professor (1965). Oʻzbekiston Davlat Universitetini tugatgan (1936). Toshkent xalq xoʻjaligi va pedagogika institutlari, Toshkent Davlat Universitetida oʻqituvchi va dotsent (1935—1958), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutida shuʼba mudiri (1959—1987). Inoyatovning ilmiy faoliyati XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Oʻzbekistondagi milliy ozodlik harakati tarixiga bagʻishlangan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |