Hamidxo‘jayev Yunusxo‘ja
Qiyofa
Hamidxo‘jayev Yunusxo‘ja — 1886-yili Asaka rayoni Qo‘ng‘irot qishlog‘ida tug‘ilgan, 1933-yili quloq qilingan. 1934-yili paxta ekish bo‘yicha topshiriqni bajarmagani uchun 1 yilga surgun qilingan. Hibsga olingunga qadar kolxoz a’zosi bo‘lgan. Aksilinqilobiy, isyonchi, millatchi, diniy tashkilot ishtirokchilari bilan yaqindan bog‘lanib, uning ishida faol qatnashganlikda, aholi orasida doimiy ravishda aksilinqilobiy, mag‘lubiyatchilik, antikolxoz targ‘ibot olib borganlikda, kolxozchilarni kolxozda ishlamaslikka tashviqot qilganlikda ayblangan.[1][2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Rustam Shamsidinov. Qatag‘on qurbonlari. Sharq nashriyoti, 2007-yil — 409-bet. ISBN ISBN 978-9943-00-240-1.
- ↑ Shahidlar xotirasi, Surgun. G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2000-yil. ISBN ISBN 5-635-01865-3.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |