Kontent qismiga oʻtish

Hamroboyevit

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Hamroboyevit - titanning V va Gʻe aralashmasi bilan birgalikdagi tabiiy karbidi. 1984-yilda topilgan. Arashon togʻlaridagi bazaltli porfirlar va Zarafshon tizmasidagi kvarslangan granitoidlar tarkibida uchraydi. mineral I.H. Hamroboyev sharafiga H. deb atalgan. Uning etalonli namunasi Moskvadagi A.Ye.Fersman nomidagi minerallar muzeyida saqlanmoqda. Qattiqligi 9 dan ortiq. Kub singoniyada kristallanadi. Shaffof emas, metalldek yaltiraydi. Rangi toʻq kulrang. Tarkibida H. boʻlgan bazaltli porfirlar quyi perm davriga mos boʻlgan traxiandezit-traxibaltli formaiiyaning subvulkanli jinslariga taalluqli.