Han Peng
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Han Peng | ||
Tavallud sanasi | 13-sentyabr 1983-yil | ||
Tavallud joyi | Jinan, Shandong, Xitoy | ||
Boʻyi | 1.85 m (6 ft 1 in) | ||
Ampluasi | Xitoy | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Shandong Luneng | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2002—2015 | Shandong Luneng | 268 | (93) |
2016—2018 | Beijing Renhe | 35 | (4) |
Milliy terma jamoa | |||
2006—2014 | Xitoy | 35 | (10) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (11-noyabr 2018-yil uchun) |
Han Peng (1983-yil 13-sentyabrda tugʻilgan) — xitoylik sobiq futbolchi.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shandong Luneng yoshlar akademiyasi tarbiyalanuvchisi Han Peng klubdagi debyutini 2002-yilning 10-martida Sichuan Guanchengga qarshi oʻtkazgan. 2002-yilning 23-martida Chongqing Lifanga qarshi oʻyinda ligadagi birinchi golini kiritgan. Asta-sekin Shandong jamoasida bir necha mavsum davomida oʻzini namoyon qilgan, 2005-yilgi mavsumda Han Li Jinyu bilan ajoyib tandem hosil qilgan oʻsga mavsum u ligada yettita gol urgan[1]. Shundan soʻng Shandongga 2006-yilgi liga chempionligi hamda Xitoy FA kubogini qoʻlga kiritishga yordam bergan yana oʻnta golga mualliflik qilgan[2]. Kelgusi mavsumda Han oʻzining eng samarali mavsumini oʻtkazgan, u ligada oʻn uchta gol urgan, ammo uning jamoasi Shandong liga chempionligini saqlab qola olmagan[3]. 2008-yilgi mavsum shaxsan Han uchun omadsiz mavsum boʻlgan u mavsumning koʻp qismida jarohat olgan va oʻyinlarni oʻtkazib yuborgan. Ammo Shandong liga chempionligini qoʻlga kiritgan.
2015-yilning 19-dekabrida Han Xitoyning birinchi ligasi vakili Beijing Renhega ikki yillik shartnoma asosida erkin agent sifatida oʻtgan[4]. U klub bilan shartnomasini 2017-yilning 31-dekabrida Pekin Renhe Xitoy Superligasiga chiqqanidan keyin uzaytirgan[5].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Han xalqaro maydondagi debyutini 2006-yilning 3-iyunida Shveysariyaga qarshi oʻyinda (4:1) oʻtkazgan[6]. U 2007-yilgi Osiyo kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan Zhu Guanhu jamoasining ajralmas qismiga aylangan va oʻzining birinchi golini 2006-yilning 15-noyabrida Iroqqa qarshi oʻyinda (1:1) kiritgan[7]. Turnir davomida Han jamoadoshi Li Jinyu bilan birga tandem hosil qilishgan[8]. Turnir doirasida u ikkita gol urishga muvaffaq boʻlgan. Ammo Xitoy guruh bosqichidan chiqa olmagan.
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | MAvsum | Divizion | Liga | Kubok | Qitʼa | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | |||
Shandong Luneng | 2002 | 1 | 18 | 2 | 1 | 1 | - | 19 | 3 | |
Shandong Luneng | 2003 | 1 | 8 | 3 | 2 | 0 | - | 10 | 3 | |
Shandong Luneng | 2004 | 1 | 10 | 3 | 9 | 4 | - | 19 | 7 | |
Shandong Luneng | 2005 | 1 | 25 | 6 | 9 | 4 | 7 | 2 | 41 | 12 |
Shandong Luneng | 2006 | 1 | 26 | 10 | 5 | 5 | - | 31 | 15 | |
Shandong Luneng | 2007 | 1 | 22 | 13 | - | 6 | 2 | 28 | 15 | |
Shandong Luneng | 2008 | 1 | 10 | 8 | - | - | 10 | 8 | ||
Shandong Luneng | 2009 | 1 | 28 | 11 | - | 5 | 3 | 33 | 14 | |
Shandong Luneng | 2010 | 1 | 28 | 17 | - | 6 | 2 | 34 | 19 | |
Shandong Luneng | 2011 | 1 | 26 | 8 | 2 | 1 | 5 | 1 | 33 | 10 |
Shandong Luneng | 2012 | 1 | 14 | 3 | 0 | 0 | - | 14 | 3 | |
Shandong Luneng | 2013 | 1 | 15 | 7 | 0 | 0 | - | 15 | 7 | |
Shandong Luneng | 2014 | 1 | 21 | 0 | 5 | 1 | 4 | 1 | 30 | 2 |
Shandong Luneng | 2015 | 1 | 17 | 2 | 4 | 1 | 4 | 0 | 25 | 3 |
Beijing Renhe | 2016 | 2 | 17 | 4 | 2 | 1 | - | 19 | 5 | |
Beijing Renhe | 2017 | 2 | 17 | 0 | 1 | 0 | - | 18 | 0 | |
Beijing Renhe | 2018 | 1 | 1 | 0 | 1 | 0 | - | 2 | 0 | |
Jami | 303 | 97 | 41 | 18 | 37 | 11 | 381 | 126 |
Xalqaro maydondagi gollari
[tahrir | manbasini tahrirlash]# | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|
1 | 15.11.2006 | Changsha, Xitoy | Iroq | 1-1 | 2007-yilgi Osiyo kubogi saralashi |
2 | 7.02.2007 | Suzhou, Xitoy | Qozogʻiston | 2-1 | Oʻrtoqlik |
3 | 27.03.2007 | Makao, Xitoy | Oʻzbekiston | 3-1 | Oʻrtoqlik |
4 | 27.03.2007 | Makao, Xitoy | Oʻzbekiston | 3-1 | Oʻrtoqlik |
5 | 10.07.2007 | Kuala-Lumpur, Malayziya | Malayziya | 5-1 | 2007-yilgi Osiyo kubogi |
6 | 10.07.2007 | Kuala-Lumpur, Malayziya | Malayziya | 5-1 | 2007-yilgi Osiyo kubogi |
7 | 15.03.2008 | Kunming, Xitoy | Tailand | 3-3 | Oʻrtqolik |
8 | 25.07.2009 | Tyanjin, Xitoy | Qirgʻiziston | 3-0 | Oʻrtqolik |
9 | 8.11.2009 | Quvayt shahri, Quvayt | Quvayt | 2-2 | Oʻrtqolik |
10 | 30.12.2009 | Yivu, Xitoy | Iordaniya | 2-2 | Oʻrtqolik |
Shandong Luneng
[tahrir | manbasini tahrirlash]№ | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 24.02.2010 | Xirosima katta archasi, Xirosima, Yaponiya | Sanfrechche Xirosima | 1 — 0 | 1-0 | 2010-yil Osiyo chempionlar ligasi |
2. | 13.04.2010 | Shandong stadioni, Jinan, Xitoy | Sanfrechche Xirosima | 1 — 0 | 2-3 |
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shandong Luneng[9]
- Xitoy Superligasi : 2006, 2008, 2010
- Xitoy FA kubogi : 2004, 2006, 2014[10]
- Xitoy Superliga kubogi : 2004-yil
- Xitoy FA Superkubogi : 2015-yil
Shaxsiy yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Xitoy FA kubogining eng yaxshi toʻpurari: 2006-yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „韩鹏: 2005赛季表现“. csldata.sports.sohu.com. Qaraldi: 24-iyul 2012-yil.
- ↑ „China 2006“. rsssf.com (8-mart 2007-yil). Qaraldi: 24-iyul 2012-yil.
- ↑ „韩鹏: 2007赛季表现“. rsssf.com. Qaraldi: 24-iyul 2012-yil.
- ↑ 人和宣布韩鹏汪强正式加盟 at sports.sohu.com 2015-12-19 Retrieved 2016-01-06
- ↑ „人和官方宣布续约韩鹏汪强:加油两位"小将"!“. Sina (31-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 2-yanvar 2018-yil.
- ↑ „China PR 1-4 Switzerland“. teamchina.freehostia.com (3-iyun 2006-yil). Qaraldi: 24-iyul 2012-yil.
- ↑ „China PR 1-1 Iraq“. teamchina.freehostia.com (15-noyabr 2006-yil). Qaraldi: 24-iyul 2012-yil.
- ↑ „China leave out leading scorer Li Jinyu“. soccernet.espn.go.com (15-iyun 2007-yil). 19-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyul 2012-yil.
- ↑ „Han, Peng“. National-football-teams.com (22-avgust 2019-yil). Qaraldi: 22-avgust 2019-yil.
- ↑ „足协杯-麦克格文压哨绝杀 鲁能5-4舜天夺冠“. Sports.sina.com.cn (22-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 19-avgust 2019-yil.