Kontent qismiga oʻtish

Handan ogʻa masjidi

Koordinatalari: 41°02′18″N 28°57′04″E / 41.0382°N 28.9511°E / 41.0382; 28.9511
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Handan ogʻa masjidi
turkcha: Handan Ağa Camii
Mamlakat  Turkiya
Istanbul Beyoğlu tumani, Hasköy mahallasi
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Usmonli meʼmorchiligi

Handan ogʻa masjidi (turkcha: Handan Ağa Camii) yoki Kuşkonmaz masjidi (turkcha: Kuşkonmaz Camii) – Turkiyaning Istanbul shahri Beyoğlu (talaffuzi: Beyoʻgʻlu) tumani, Hasköy (talaffuzi: Haskoʻy) mahallasining Oltin shox yaqinida joylashgan masjid[1]. Masjid „Kuşkonmaz“ yaʼni „Qushlar qoʻnmas“ nomi bilan ham tanilgan. Sulton Mehmed II ning ogʻalaridan biri boʻlmish Handan ogʻa inshootni XV asrda qurdirgan. Masjidning ichki qismi XVI–XVII asrlarga oid Iznik koshinlari hamda XIX asrga oid mayolika (sirlangan guldor sopol va sopol idishlar kuydirilgan loyning tabiiy rangi va gʻovak parchalarga ega boʻlib, nafis va rangli boʻyoqlar bilan sirlanadi) koshinlari bilan bezatilgan. Masjidning sohil chizigʻi melioratsiya uchun toʻldirilgunga qadar bino yertoʻlasi qayiqxona boʻlgan. Masjid XVIII–XIX asrlarda, shuningdek, 1960-yillarda bir necha bor taʼmirlangan.

41°02′18″N 28°57′04″E / 41.0382°N 28.9511°E / 41.0382; 28.9511

  1. „Handan Agha Mosque“.