Kontent qismiga oʻtish

Hanyu Shuiping Kaoshi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
HSK logotipi

Hanyu Shuiping Kaoshi (HSK; xitoycha: 汉语水平考试; pinyin: Hànyǔ Shuǐpíng Kǎoshì; Xitoy tilini bilish testi) – asosan XXR hududida qollaniluvchi standart xitoy tili (Xitoy mandarin tilining bir turi)ni oʻrganuvchi chet ellik talabalar va xorijdagi ona tili xitoycha boʻlmaganlar uchun moʻljallangan test. U Xitoy Xalq Respublikasi Taʼlim vazirligining Hanban agentligi tomonidan oʻtkaziladi.

Ushbu sertifikat uchun imtihonlar Tayvan oroli hududida topshirilishi mumkin emas. Orol hududida, faqatgina maxsus TOCFL imtihonini topshirish mumkin. Oʻz navbatida, TOCFL imtihoni Xitoy hududida mavjud emas.

HSK testi rivojlanishi 1984-yil da Pekin til va madaniyat universitetida boshlangan hamda 1992-yilda rasmiy ravishda milliy standartlashtirilgan testga aylantirilgan. 2005-yilga kelib, 120 dan ortiq mamlakatlar muntazam ravishda ushbu imtihonda qatnashib kelishadi. Shu jumladan, testlar taxminan 100 million marta oʻtkazilgan (mahalliy ozchilik nomzodlar bilan birga). Xitoydan tashqaridan kelgan nomzodlarning umumiy soni 1,9 million atrofida ekani taʼkidlangan[1]. 2011-yilda Pekin xalqaro xitoy tili kolleji HSK testini onlayn oʻtkazgan birinchi test markaz sifatida tarixda qoladi.

HSK testi inglizcha TOEFLga juda oʻxshash boʻlib, sertifikat Xitoy hududida hech qanday cheklovlarsiz amal qiladi. Testlar oliy taʼlim va kasbiy maqsadlarda til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat olish maqsadida ishlab chiqilgan. Til bilish darajasi uchun berilajak HSK sertifikatidagi raqam yoki darajaga murojaat qilish Xitoyda odatiy hol emas. Misol uchun, ishga kirmoqchi boʻlsangiz, sizdan „HSK5 yoki undan yuqori“ boʻlgan darajalarni talab qilishi mumkin.

HSK faqat mandarin tilida va soddalashtirilgan xitoycha belgilarda qoʻllanadi. Biroq, agar, imtihon oflayn formatda oʻtkazilsa, test topshiruvchi oʻz xohishiga koʻra yozma topshiriqlarni soddalashtirilgan yoki anʼanaviy belgilarda yozishni tanlashi mumkin[2]. Muayyan test markazi taklifiga koʻra, imtihonlar oflayn (jonli) yoki onlayn (masofaviy) tarzda oʻtkazilishi mumkin. Masofaviy testda belgilar bilan yozish qismi (HSK 3 dan boshlab) subyektiv va biroz osonroq boʻladi. Chunki yozish uchun sizga pinyin yordam berishi, yaʼni roʻyxatdan toʻgʻri belgini tanlashingiz mumkin. Jonli, yaʼni oflayn imtihonda esa xitoy tili kalitlar, ton va tartibini eslab qolish kerak.

Qoniqarli natijalar qayd etgan imtihon topshiruvchilar Xitoyda qisqa muddatli til oʻrganish uchun stipendiya yutib olishlari mumkin.

2020-yilda Xitoy ichki akademik gazetasida Xitoy malakasi standartlari oʻzgarishi: „Uch bosqich va toʻqqiz daraja“ gibrid paradigmasi yaxlit integratsiya orqali tavsiflanishi muhokama qilindi. Xitoy Xalq Respublikasi Taʼlim vazirligi 2021-yilning 1-aprel sanasida „HSK 3.0“ boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlarni eʼlon qildi. Taqdim etilgan maʼlumotlar orasida har bir alohida bosqich uchun soʻzlar roʻyxati va yangi testni joriy qilish sanasi (2021-yil 1-iyul) ochiqlangan edi[3]. 2022-yil aprel holatiga koʻra HSK 3.0 testlari va asosiy darajalar uchun faqat bitta tayyorgarlik kitobi nashr etilgan[4], shuningdek, qoʻshimcha ravishda HSK 2.0 test formati hamon yakunlangani yoʻq. HSK rasmiy vebsaytidagi yangilanishda 2021-yil aprel sanasi faqat yangi HSK 3.0 konsepsiyasining boshlanish sanasi maʼlum qilingan[5]. Oʻrta va yuqori darajalar uchun yangi amaliy materiallar 2022-yilning uchinchi yoki toʻrtinchi choragida chiqarilishi kutilmoqda[4].

Daraja Lugʻat Yozma test Tavsif
Soʻzlar




(kumulyativ / yangi)
Belgilar




(kumulyativ / yangi)
Tinglash Oʻqish Yozish
1 150 150 174 174 20 savollar, 15 min 20 savollar, 17 min Sinovdan oʻtmagan Baʼzi oddiy xitoycha belgilar va jumlalarni tushuna oladigan va muloqot qilish uchun foydalana oladigan oʻquvchilar uchun moʻljallangan hamda ularni xitoy tilini oʻrganishni davom ettirishga tayyorlaydi. HSK 1da barcha belgilar pinyin bilan birga taqdim etiladi.
2 300 150 347 173 35 savol, 25 daqiqa 25 savol, 22 daqiqa Xitoy tilini oddiy va toʻgʻridan-toʻgʻri ishlata oladigan, uni kundalik hayotlarida asosiy uslubda qoʻllay oladigan oʻquvchilar uchun moʻljallangan. HSK 2da ham barcha belgilar pinyin bilan birga taqdim etiladi.
3 600 300 617 270 40 ta savol 30 ta savol 10 ta element Xitoy tilidan shaxsiy hayoti, oʻqishi va ishiga xizmat qilish uchun foydalana oladigan va Xitoy boʻylab sayohati davomida boshdan kechirgan kommunikativ vazifalarning koʻpini bajara oladigan oʻquvchilar uchun moʻljallangan.
4 1200 600 1064 447 45 ta savol 40 ta savol 15 ta element Xitoy tilida nisbatan keng mavzularni muhokama qila oladigan va xitoy tilida soʻzlashuvchilar bilan yuqori standartda muloqot qila oladigan oʻquvchilar uchun moʻljallangan.
5 2500 1300 1685 621 45 ta savol 45 ta savol 10 ta element Xitoy gazeta va jurnallarini oʻqiy oladigan, xitoy filmlarini tomosha qila oladigan va xitoy tilida uzoq nutq yozish va nutq soʻzlay oladigan oʻquvchilar uchun moʻljallangan.
6 5000 2500 2663 978 50 ta savol 50 ta savol 1 ta kompozitsiya Xitoy tilida aytiladigan har qanday maʼlumotni osongina tushuna oladigan va oʻzini yozma yoki ogʻzaki shaklda bemalol ifoda eta oladigan oʻquvchilar uchun moʻljallangan.
  1. „HSK Test - Vocabulary List and Information“. chinaeducenter.com. Qaraldi: 2019-yil 4-fevral.
  2. „HSK and FAQ“. confucius.emory.edu. Qaraldi: 2019-yil 4-fevral.
  3. „《国际中文教育中文水平等级标准》发布 - 中华人民共和国教育部政府门户网站“. www.moe.gov.cn. Qaraldi: 2021-yil 18-aprel.
  4. 4,0 4,1 „《国际中文教育中文水平等级标准·语法学习手册(初等)》“. www.mp.weixin.qq.com/. Qaraldi: 2022-yil 3-aprel.
  5. „汉考科研君 科研播报|《等级标准·语法等级大纲》“. www.chinesetest.cn. 2022-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-sentyabr.
  6. „Xalqaro xitoy tili oʻqituvchisi sertifikati Konfutsiy instituti bosh qarorgohi/Hanban tomonidan homiylik qilingan standartlashtirilgan testdir“. — „《国际汉语教师证书》考试是由孔子学院总部/国家汉办主办的一项标准化考试。“.