Kontent qismiga oʻtish

Harald Tammer

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Harald Tammer
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Fuqaroligi Estoniya bayrogʻi Estoniya
Tavallud sanasi 9-yanvar 1899-yil
Revel, Rossiya imperiyasi
Vafot sanasi 6-iyun 1942-yil(1942-06-06)
(43 yoshda)
Unjlag, Gorkiy viloyati, RSFSR, SSSR
Sport
Mamlakat Estoniya bayrogʻi Estoniya
Qaysi sport ogʻir atletika, yengil atletika,
Klubi Kalev

Harald Tammer (9-yanvar, 1899-yil, Revel – 6-iyun 1942-yil, Unjlag, Gorkiy viloyati) – estoniyalik jurnalist, jamoat arbobi, yengil atletikachi va ogʻir atletikachi[1]. Ogʻir atletika boʻyicha jahon chempioni, sobiq estoniyalik rekordchi va Parijdagi Olimpiya oʻyinlari medali sovrindori (1924)[2].

Harald Tammer 1899-yil 9-yanvarda Revelda (Rossiya imperiyasi) tugʻilgan[3][4].

Sportdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1912-yilda sport bilan shugʻullana boshlaydi. Uch yil oʻtgach, Tallinndagi Kalev jamoasiga qoʻshiladi va uloqtirish boʻyicha ixtisoslashgan yengil atletikachi boʻlib, yadro uloqtirishda alohida muvaffaqiyatlar koʻrsatadi[3].

Yadro uloqtirayotgan Harald Tammer. Fotosuratchi Karl Hugo Akel

1916-yilda yadro uloqtirish boʻyicha Rossiya chempionatining kumush medali, disk va bolgʻa uloqtirish boʻyicha bronza medali sovrindori boʻladi[3]. Birinchi jahon urushi paytida koʻngilli ravishda frontga joʻnaydi va keyinchalik Estoniya mustaqillik urushida qatnashadi[3]. 1920-yilda Antverpendagi Olimpiya oʻyinlarida Estoniya terma jamoasining bayroqdori boʻlgan[5] va yadro uloqtirishda 6-oʻrinni egallagan[3]. 1920-yillardan boshlab ogʻir atletika bilan shugʻullanadi. 1922-yilda oʻz uyi Tallinda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan[3]. 1923-yil holatiga koʻra, uning otish boʻyicha eng yaxshi natijasi 14,15 m, bolgʻa uloqtirishda 37,18 m, disk uloqtirishda esa 41,06 m boʻlgan. 1920-yillarda Tammer jahon reytingida kuchli oʻntalikka kirgan[3]. 1924-yilda Parijdagi Olimpiya oʻyinlarida Harald Tammer ogʻir atletika boʻyicha 82,5 kilogrammdan ortiq vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritadi. Xuddi shu Olimpiya oʻyinlarida yadro uloqtirish musobaqasida qatnashib, oʻn ikkinchi oʻrinni egallaydi[3]. Tammer 1922-yildan 1924-yilgacha ogʻir atletika boʻyicha uch marta Estoniya chempioni boʻlgan va oʻn beshta milliy rekordni oʻrnatgan[3]. 1924-yildan keyin murabbiylik bilan shugʻullanadi, 1928 va 1936-yilgi Olimpiya oʻyinlariga estoniyalik sportchilarni tayyorlaydi[6]. Ogʻir atletika boʻyicha ham hakamlik qilgan[3].

Sportdan tashqaridagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1921—1928-yillarda Xarald Tammer Eesti Spordileht muharriri, 1933—1940-yillarda Eesti Päevaleht, 1940-yilda Revue Baltique jurnaliga muharrirlik qilgan[3]. 1928-yildan 1940-yilgacha Jurnalistlar uyushmasi va Sport matbuot klubi boshqaruvi aʼzosi, 1932 va 1940-yillarda Boltiqboʻyi matbuoti uyushmasining raisi va Estoniya Olimpiya qoʻmitasining aʼzosi boʻlgan. 1937-yildan Riigikogu (milliy majlis) aʼzosi boʻladi[3].

1941-yil fevral oyida Harald Tammer NKVD tomonidan hibsga olindi va bir yarim yil oʻtgach, 1942-yil 6-iyunda Gorkiy viloyati, Semyonov shahri Suxobezvodnoye temir yoʻl stantsiyasi yaqinidagi Unjlag lagerida vafot etadi[3][6][7][8].

  1. „Harald Tammer“. Olympedia. Qaraldi: 2021-yil 21-iyul.
  2. Harald Tammer. chidlovski.net
  3. 3,00 3,01 3,02 3,03 3,04 3,05 3,06 3,07 3,08 3,09 3,10 3,11 3,12 „Harald Tammer“ (en). ESBL. 2022-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-may.
  4. „HARALD TAMMER“. Qaraldi: 2024-yil 30-may.
  5. Estonia. sports-reference.com
  6. 6,0 6,1 Harald Tammer. sports-reference.com
  7. Tammer, Harald. Eesti spordi biograafiline leksikon
  8. „Olympians Who Were Killed or Missing in Action or Died as a Result of War“. Sports Reference. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-iyul.