Kontent qismiga oʻtish

Harry Boykoff

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Harry Boykoff
Shaxsiy maʼlumot
Tavalludi 24-iyul 1922-yil
Brooklyn, New York
Vafoti 20-fevral 2001-yil(2001-02-20)
(78 yoshda)
Santa Monica, California
Millati amerikalik
Boʻyi 6 ft 10 in (2.08 m)
Vazni 225 lb (102 kg)
Faoliyati haqidagi maʼlumotlar
Maktab Thomas Jefferson
(Brooklyn, New York)
Kollej St. Johnʼs (1942-1943, 1945-1947)
BAA drafti 1947 / Tanlanmagan
Oʻyindagi faoliyati 1947—1951
Pozitsiyasi Markazda oʻynaydi
Raqami 13, 24, 16
Faoliyatidagi yorqin voqealar va mukofotlar
Statistikalar Buni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash NBA.com saytida
Statistikalar Basketball-Reference.com saytida

Harry J. Boykoff (1922-yil 24-iyul – 2001-yil 20-fevral) – professional amerikalik basketbolchi. Faoliyati davomida uni koʻpincha „Heshie“, Big Hesh va „Katta bola“ deb atashgan. Uning boʻyi – 6 ft 10 in (2.08 m)[1].

Boykoff Nyu-Yorkning Bruklin shahridagi Braunsvill mahallasida oʻsgan. U yahudiy millatiga mansub[2][3][4].

Basketbol faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boykoff oʻrta maktab basketbolini Bruklindagi Tomas Jefferson oʻrta maktabida va kollej basketbolini Sent-Jon universitetida (Nyu-York shahri) oʻynagan. U yerda ketma-ket uch yil butun amerikalik boʻlgan[3][4].

1947-yilda Madison Square Gardendagi oʻyinda Sent-Jon jamoasida oʻynab, 54 ochko toʻpladi (bu raqib jamoaning umumiy toʻplagan ochkosidan koʻra koʻp edi).

Boykoff Sent-Jon jamoasi bilan 1943-yilgi Milliy taklifnoma turnirida qatnashdi[4]. U,shuningdek, MVP mukofotiga sazovor boʻlgan[4]. U milliy sport gazetasi (The Sporting News)dagi Butun Amerika basketbol jamoasi tanlovining oltin basketbol ramzini oldi.

U Milliy Basketbol Assotsiatsiyasida „Vaterlo Xouks“ (1949—1950), „Boston Celtics“ va „Tri-Siti Blekxoks“ (1950—1951) jamoalarida jami 109 oʻyin oʻtkazdi[4].

„Vaterlo Xouks“ jamoasining 1948—1949-yilgi mavsumida Boykoffning oʻrtacha zarbasi (41,3 %) ligada toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

„Celtics“da oʻynagan davrida, yiliga 15 000 dollar maosh olgan va bu koʻrsatkich bilan NBAning yiliga eng koʻp maosh oladigan basketbolchisi hisoblangan[5].

Uning darvozabonlik mahorati tufayli savatga (darvozabonlik) tushib ketayotganda zarbalar toʻsib qoʻyilishining oldini olish uchun oʻyin qoidalari oʻzgartirildi[4].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boykoff oʻzining ajoyib rekordi bilan ham kamtar boʻlib qoldi. Uning soʻzlari quyida keltirildi:

"Men sportchi emasman, shunchaki katta yigitman va omadli odamman"[6].

Keyinchalik Boykoff Star Trek, Frasier, Town & Country, The Crew kabi filmlar va telekoʻrsatuvlarda, McDonald’s stakanlari va reklama roliklarida hamda boshqa bir nechta filmlarda paydo boʻldi[7].

  • Tanlangan yahudiy basketbolchilar roʻyxati
  1. Basketball Reference website, accessed January 8, 2011; note that the IMDB page for Harry Boykoff lists his height as 6’8".
  2. Harry Boykoff
  3. 3,0 3,1 Boykoff, Harry : Jews In Sports @ Virtual Museum
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 Harry Boykoff, 78, St. Johnʼs Star in the 1940s, Dies – The New York Times
  5. Sandomir, Richard. „SPORTS BRIEFING: PRO BASKETBALL; Collins to Work on MSG“. The New York Times (11-sentabr 2003-yil).
  6. Litsky, Frank. „Harry Boykoff, 78, St. John's Star in the 1940's, Dies“. The New York Times (15-aprel 2001-yil). Qaraldi: 26-may 2017-yil.
  7. Litsky, Frank. „Harry Boykoff, 78, St. John's Star in the 1940's, Dies“. The New York Times (15-aprel 2001-yil). Qaraldi: 26-may 2017-yil.Litsky, Frank (2001-04-15). „Harry Boykoff, 78, St. Johnʼs Star in the 1940’s, Dies“. The New York Times. ISSN 0362-4331. Retrieved 2017-05-26.