Kontent qismiga oʻtish

Harry Potter va ajal tuhfalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Harry Potter va ajal tuhfasidan yoʻnaltirildi)
Harry Potter va ajal tuhfalari
Asl nomi Harry Potter and the Deathly Hallows
Muallif(lar) J. K. Rowling
Bezovchi(lar) Jason Cockcroft (ilk nashr)
Mamlakat Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Til inglizcha
Qismlar Harry Potter
Janr(lar)i fentezi
Nashr etilgan sanasi 14-iyul 2007-yil
Nashriyot Bloomsbury (Birlashgan Qirollik)
Sahifalar soni 607 (ilk nashr)
ISBN ISBN 0-545-01022-5
Avvalgisi Harry Potter va tilsim shahzodasi
Keyingisi Harry Potter and the Cursed Child

Harry Potter va ajal tuhfalari (inglizcha: Harry Potter and the Deathly Hallows) ingliz yozuvchisi J. K. Rowling qalamiga mansub fentezi janridagi romandir. Harry Potter romanlar seriyasidagi yettinchi va soʻnggi kitobdir. 2007-yil 17-iyulda Birlashgan Qirollikda Bloomsbury Publishing nashriyoti tomonidan, AQShda Scholastic nashriyoti tomonidan hamda Kanadada Raincoast Books nashriyoti tomonidan chop etilgan. Roman Harry Potter va tilsim shahzodasi (2005) kitobidagi voqealardan keyin sodir boʻlgan voqealar hamda sehrgarlar — Harry Potter va Lord Voldemort oʻrtasidagi yakuniy jang haqida hikoya qiladi.

Harry Potter va ajal tuhfalari romani chiqarilgandan buyon Harry Potter romanlari seriyasiga kiruvchi avval chiqarilgan kitoblar qayd etgan sotuv koʻrsatkichlaridan oshib, sotuvlar boʻyicha rekordlarni yangiladi. Bu roman 24 soat ichida AQShda 8,3 million nusxada, Birlashgan Qirollikda esa 2,65 million nusxada sotildi va buning ortidan Guinness rekordlar kitobiga kirdi.[1][2] Roman tanqidchilar tomonidan xush qarshilandi. 2008-yili „Colorado Blue Spruce Book mukofoti“ga sazovor boʻldi va Amerika kutubxonalari assotsiatsiyasi tomonidan „Yosh-u kattalar uchun eng yaxshi kitob“ deb topildi. Ushbu roman asosida ikkita film suratga olingan: Harry Potter va ajal tuhfalari: 1-qism (2010) va Harry Potter va ajal tuhfalari: 2-qism (2011).

Diqqat! Quyida sujet burilishlari yoki hatto oxiri ham keltirilishi mumkin.

Dumbledore vafotidan soʻng, Voldemort Sehrgarlar vazirligini nazoratiga oldi. Ayni paytda, Harry oʻn yetti yoshga toʻlib, buning ortidan vafot etgan onasi muhofazasi yoʻqoladi. Harry, Ron va Hermione Voldemortning jontumorlarini topishga tayyorgarlik koʻrishadi. Ularning har biri Dumbledoredan meros oladi: Harryga oltin snitch, Ronga deluminator, Hermionega esa „The Tales of Beedle the Bard“ („Beedle qahvaxonasi ertaklari“). Ularga, shuningdek, Godric Gryffindor shamshiri ham meros qolgan boʻladi, biroq Vazirlik shamshirni olishga toʻsqinlik qiladi.

Oradan 19 yil oʻtib, bosh qahramonlar farzandlarini Hogwartsga olib kelishadi. Harry va Ginnyning uch farzandi bor: James Sirius, Albus Severus va Lily Luna. Ron va Hermionening esa Rose va Hugo ismli ikki farzandi bor. Draco va uning rafiqasi oʻgʻli Scorpiusni kuzatib qoʻyishadi. Hogwartsga ilk marotaba borayotgan Albus otasi Harryga Slytheringa tushib qolishidan xavotirda ekanligini bildiradi. Harry unga Snapening sheryurakligini soʻzlab beradi hamda uning xohishini taqsimlovchi shlyapa hisobga olishini aytadi. Chandigʻi 19 yildan buyon ogʻrimadigan Harry „hammasi yaxshi“, deb taʼkidlaydi.

  1. Yovuz Lordning yuksalishi
  2. Albus Dumbledore xotirasiga
  3. Dursleylarning koʻchib ketishi
  4. Yetti nafar Potter
  5. Halok boʻlgan jangchi
  6. Uyqu kiyimidagi qonxoʻr
  7. Albus Dumbledoreming vasiyati
  8. Toʻy
  9. Panagoh
  10. Taraqqos (Kreacher) ning kechinmasi
  11. Pora
  12. Sehr qudratlidir
  13. Mugglelar oilasida tugʻilganlarni qayd etish komissiyasi
  14. Oʻgʻri
  15. Goblinning qasosi
  16. Godric jarligi
  17. Bathildaning siri
  18. Albus Dumbledorening hayoti va yolgʻoni
  19. Kumush tusli urgʻochi bugʻu
  20. Xenophilius Lovegood (Ksenofilius Lavgu)
  21. Uch aka-uka haqida ertak
  22. Ajal tuhfalari
  23. Malfoylar uyi
  24. Sehrli tayoqcha yasash ustasi
  25. Shell kotteji
  26. Gringotts
  27. Soʻnggi maxfiyjoy
  28. Yoʻqolgan koʻzgu
  29. Gʻoyib boʻlgan soch toji
  30. Severus Snapening ishdan boʻshashi
  31. „Hogwarts“ uchun jang
  32. Qadimiy tayoqcha
  33. Shahzodaning kechinmalari
  34. Yana oʻrmonda
  35. Kings-Kross
  36. Rejada yoʻl qoʻyilgan xato

Ushbu kitob asosida Harry Potter va ajal tuhfalari: 1-qism va Harry Potter va ajal tuhfalari: 2-qism nomli ikki fim suratga olingan. Ikki filmga ham David Yates rejissorlik qildi. Steve Kloves ssenariynavis sifatida, David Heyman, David Barron va J. K. Rowling produser sifatida qatnashdi. 1-qism 9-noyabr 2010-yilda, 2-qism esa 15-iyul 2011-yilda katta ekranlarga chiqarildi.[3][4] Filmni suratga olish ishlari 2009-yil noyabridan 2010-yil 12-noyabrga qadar davom etdi.[5]

Oʻzbekcha tarjimasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Harry Potter va ajal tuhfalarini oʻzbek tiliga Shokir Dolimov tarjima qilgan. Roman oʻzbek tilida ilk bor 2020-yil Toshkent shahrida „Ilm-ziyo — zakovat“ nashriyotida chop etilgan. Nashrga tayyorlovchi va iqtiboslar va izohlarni tayyorlovchi — Ergashboy Matyoqubov, bosh muharrir — Lolaxon Qoʻziboyeva, badiiy muharrir — Asaloy Eshonqulova va dizayner — Feruzbek Vohidov.[6]

  1. „Record First-Day Sales for Last ʻHarry Potter’ Book“. The New York Times (22-iyul 2007-yil). 16-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-dekabr 2017-yil.
  2. „Fastest selling book of fiction in 24 hours“. Guinness Book of World Records (21-iyul 2007-yil). 19-sentabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-fevral 2011-yil.
  3. „Official: Two Parts for Deathly Hallows Movie“. ComingSoon.net (25-fevral 2009-yil). 12-dekabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-mart 2009-yil.
  4. „Release Date Set for Harry Potter 7: Part I“. ComingSoon.net (25-aprel 2008-yil). 18-may 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-may 2008-yil.
  5. Schwartz, Alison. „Daniel Radcliffe Calls Wrapping Up Harry Potter Devastating“. People (14-iyun 2010-yil). 2011-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-fevral.
  6. „arxiv nusxasi“. 2022-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-fevral.

Bibliografiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]